D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya


Markaziy proyeksiyalashning xossalari



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə7/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • -xossa

Markaziy proyeksiyalashning xossalari


Markaziy proyeksiyalashda geometrik shakllar quyidagicha tasvirlanadi.
1-xossa. Nuqtaning markaziy proyeksiyasi nuqta bo’ladi.
2-xossa. SA nurda yotuvchi A, A1, A2, A3,… nuqtalarning markaziy proyeksiyalari AP nuqta bilan ustma-ust tushadi(1.4- rasm).
3-xossa. Proyeksiyalash markazidan o’tmaydigan to’g’ri chiziq kesmasining proyeksiyasi kesma bo’ladi.
Biror A to’g’ri chiziq kesmasi orqali berilgan bo’lsin (1.4-rasm) kesma S markaz orqali proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalanganda SBС proyeksiyalovchi tekislik hosil bo’ladi. Bu proyeksiyalovchi tekislik P bilan BPСP kesma bo’yicha kesishadi. a bo’lgani uchun BPСPaP bo’ladi.
Proyeksiyalash markazi S dan o’tuvchi to’g’ri chiziqning markaziy proyeksiyasi nuqta bo’ladi. Masalan, DE to’g’ri chiziq kesmasining markaziy proyeksiyasi DPEP nuqta bo’ladi (1.4-rasm).
4-xossa. S markazdan o’tmaydigan tekislikning markaziy proyeksiyasi tekislik bo’ladi.Masalan, ABC uchburchak tekisligining nuqtalar to’plamini S markaz bo’yicha proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalanganda (1.5-rasm) SABC proyeksiyalovchi piramida xosil bo’ladi. Bu piramidaning proyeksiyalar tekisligi P bilan kesishuvidan APBPCP uchburchak hosil bo’ladi.
S markazdan o’tuvchi tekislik va unga tegishli geometrik shakllarning markaziy proyeksiyalari bitta to’g’ri chiziqqa proyeksiyalanadi. Masalan, SAB tekisligi va unga tegishli F nuqtaning proyeksiyasi APFPBP kesmada bo’ladi (1.5-shakl).



1.4-rasm. 1.5-rasm

5-xossa. Agar biror tekis shakl proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, uning proyeksiyasi o’ziga o’xshash shakl bo’ladi.


6-xossa. S proyeksiyalash markazidan o’tuvchi va proyeksiyalar tekisligi P ga parallel bo’lgan nurlar ustidagi nuqtalarning markaziy proyeksiyasi P ning xosmas chizig’i ustida bo’ladi.
Markaziy proyeksiyalashda S markaz, proyeksiyalar tekisligi P va proyeksiyalanuvchi shaklning o’zaro vaziyatlariga ko’ra quyidagi xossalarni keltirish mumkin.
7-xossa. Proyeksiyalanuvchi shaklning proyeksiyalar markazi bilan proyeksiyalar tekisligiga nisbatan joylashuviga qarab uning proyeksiyasi o’ziga nisbatan katta yoki kichik bo’lishi mumkin.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin