D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə51/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

5.3–§. Aylantirish usuli


Aylantirish usuli parallel harakatlantirish usulining xususiy holi hisoblanadi. Bu usulda geometrik shaklga tegishli nuqtaning yo’nalishsi ixtiyoriy bo’lmay, balki berilgan biror o’qqa nisbatan aylana bo’yicha harakatlanadi. Aylana markazi berilgan o’qda joylashgan bo’lib, aylanish radiusi esa harakatlanuvchi nuqta bilan aylanish o’qi orasidagi masofaga teng bo’ladi yoki aylanish tekisligini aylanish o’qi bilan kesishgan nuqtasi bo’ladi.
Aylanish o’qlari proeksiyalar tekisliklariga nisbatan perpendikulyar, parallel, shuningdek, proeksiyalar tekisligiga tegishli va boshqa vaziyatlarda bo’lishi mumkin.
Quyida turli vaziyatlarda joylashgan aylanish o’qlari atrofida aylantirish usullarni ko’rib chiqamiz.


5.3.1. Geometrik shakllarni proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirish. Nuqtani aylantirish


H va V tekisliklar sistemasida ixtiyoriy A nuqta va i aylanish o’qi berilgan bo’lsin (5.8 a–rasm). Agar A nuqtani iV aylanish o’qi atrofida harakatlantirsak, mazkur nuqta V tekislikka parallel V1 tekislikda radiusi OA ga teng aylana bo’yicha harakatlanadi. Shuningdek, A nuqtaning harakatlanish yo’nalishsining gorizontal proeksiyasi V1 tekislikning V1N izi bo’yicha harakat qiladi. Chizmada V1 tekislik V tekislikka parallel bo’lgani uchun A nuqtaning frontal proeksiyasi aylana bo’yicha, gorizontal proeksiyasi V1NOx bo’yicha harakat qiladi (5.9-b rasm,).
B nuqtaning H tekislikka perpendikulyar i o’qi atrofida aylantirilishi 5.9-a,b rasm, A da ko’rsatilgan. B nuqta B1 vaziyayatga radiusi OB ga teng aylana bo’yicha H tekislikka parallel bo’lgan N1 tekislikda harakatlanadi. Bunda N1 tekislik H tekislikka parallel bo’lgani uchun B nuqta harakatlanish yo’nalishsining gorizontal proeksiyasi aylana bo’yicha, frontal proeksiyasi N1 tekislikning N1V izi bo’yicha Ox ga parallel bo’lib harakatlanadi. (5.10,b–rasm).

a) b)
5.8-rasm.

a) b)
5.9-rasm.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarga kelamiz:
1-xulosa. Agar A nuqta frontal proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirilsa, mazkur nuqtaning frontal proeksiyasi aylana bo’yicha, gorizontal proeksiyasi Ox o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanadi.
2-xulosa. Agar nuqta gorizontal proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirilsa, nuqtaning gorizontal proeksiyasi aylana bo’yicha, frontal proeksiyasi Ox o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanadi.
Nuqtani proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirish qoidalariga asosan umumiy vaziyatda joylashgan geometrik shakllarni xususiy yoki talab qilingan vaziyatga keltirish mumkin.
1–masala. Umumiy vaziyatdagi AB(AB′, AB″) kesmani V tekislikka parallel vaziyatga keltirilsin. (5.10–rasm).

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin