D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə54/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

Yechish. Berilgan burchakning gorizontali yoki frontalidan foydalaniladi. Mazkur burchakning haqiqiy o’lchamini aniqlash uchun chizmada uning f(f′, f″) frontali o’tkazilgan. Rasmda hosil bo’lgan ∠ABE(∠ABE′, ∠ABE″) ning haqiqiy o’lchamini aniqlash uchun B nuqtani aylantirish radiusining haqiqiy o’lchamini aniqlash kifoya. Buning uchun B″ nuqtadan f″ ga perpendikulyar o’tkaziladi va aylanish markazining OB(OB,OB), so’ngra aylantirish radiusining BOB(BOB, BOB) proeksiyalari aniqlanadi. To’g’ri burchakli ∆OBBBO yasash bilan radiusning haqiqiy o’lchami OBB1=R aniqlanadi. B nuqtaning yangi vaziyatini yasash uchun OB dan R radius bilan OBB1 perpendikulyarning davomi bilan kesishguncha yoy o’tkaziladi va hosil bo’lgan B1 bilan A″ va E″ nuqtalarni tutashtiriladi. Chizmada hosil bo’lgan α berilgan burchakning haqiqiy o’lchami bo’ladi.

5.17-rasm.
2–masala. Umumiy vaziyatdagi ∆ABC(∆ABC′, ∆ABC″) ning haqiqiy o’lchami aniqlansin.
Yechish. Uchburchak gorizontali h(h′, h″) o’tkaziladi. ∆ABC ning haqiqiy o’lchamini aniqlash uchun uning ) va uchlari aylantirish radiuslarining haqiqiy o’lchamlari aniqlanadi.
Chizmada B nuqtaning aylantirish radiusini aniqlash uchun uning va proeksiyalaridan foydalanib, to’g’ri burchakli 0 ni yasaymiz. Bu uchburchakning 0 gipotenuzasi B nuqtaning aylantirish radiusi bo’ladi. B nuqtaning yangi vaziyati aylantirish markazining gorizontal proeksiyasi dan radiusi 0 ga teng qilib o’tkazilgan yoyning harakat tekisligining MH izi bilan kesishgan B0 nuqtasi bo’ladi.
Uchburchakning S va D nuqtalari aylanish o’qiga tegishli bo’lgani uchun ularning fazoviy vaziyatlari o’zgarmaydi. Uchburchak A nuqtasi aylantirish radiusining haqiqiy o’lchamini ham B nuqta aylantirish radiusining haqiqiy o’lchamini topish kabi aniqlash mumkin. Ammo uchburchakning A nuqtasi h o’qi atrofida B nuqta kabi harakatlanganda N(NH) tekislikka va uchburchakning AB tomoniga tegishli bo’lib qoladi. Uchburchakning AB tomoni esa qo’zg’almas D nuqtadan o’tadi. Shuning uchun chizmada A nuqtaning yangi vaziyatini aniqlash uchun B0 va D′ nuqtalar o’zaro tutashtiriladi va Anuqtadan CD′ ga tushirilgan perpendikulyar bilan kesishguncha davom ettirilib, A0 nuqta topiladi. Agar A0, B0 va C′ nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, uchburchakning haqiqiy kattaligi hosil bo’ladi.
Agar uchburchakning biror tomoni (masalan, AC) gorizontal vaziyatda berilgan bo’lsa, masala 5.18,b-rasmda ko’rsatilgan kabi echiladi.
5.18-b rasmda aylanish o’qi gorizontal bo’lib, uchburchak konturidan tashqarida C nuqta orqali o’tkazilgan. Bu holda uchburchakning haqiqiy kattaligi uning gorizontal proeksiyasi bilan ustma-ust tushmaydi, natijada, masalaning echimi yaqqolroq bo’ladi.

a) b) v)
5.18-rasm.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin