221
X BOB. NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA TADQIQOT
USULLARI.
10.1. Elektron mikroskopiya, atom kuchaytirgichli mikroskopiya,
tunnel mikroskopiya.
Inson dunyoga keliboq unga oldindan ma’lum bo’lgan usullar bilan, ya’ni
ko’rish, qo’l bilan ushlash, ta’m bilish orqali atrof-muhitni faol o’rgana boshlaydi.
Birinchi odam paydo bo’lishidan to XVII asrgacha bu usullar olam to’g’risida
axborot olishning yagona usullari bo’lib xizmat qilgan.
Optika rivojlanishi
natijasida birinchi teleskop va mikroskoplar yaratilishi, olimlarga inson ko’zi ko’ra
oladigan chegaradan ancha ichkariga kirib borish imkonini berdi.
Inson o’zining ixtirochiligi bilan qanchalar g’ururlanmasin, uning juda ko’p
yutuqlari asosida tabiatdan “ko’rib olgan” qonuniyat yotadi. Inson ko’zi
kuzatilayotgan obyekt qismlarini farqlovchi ma’lum bir ajratuvchanlikka ega
bo’lgan tabiiy optik qurilmadir. Normal ko’z uchun ajratuvchanlik (25
sm - eng
yaxshi ko’rish masofasida) 0,1-0,2 mm ni tashkil qiladi.
Mikroorganizmlar,
o’simlik
va
hayvon
hujayralari,
kristallarning
mikrostrukturalari o’lchamlari esa bu o’lchamdan ancha kichikdir. Bunday
obyektlarni topish va o’rganishni mikroskoplarsiz amalga oshirib bo’lmasdi.
Mikroskop (grekcha “micros” - kichik va “scopeo” - ko’rish so’zlaridan
olingan) ko’zga ko’rinmas obyektlarni kattalashgan tasvirlarini hosil qiluvchi optik
qurilma. U juda ko’p
fanlarning, jumladan, biologiyaning rivojiga inqilobiy ta’sir
o’tkazdi. Tasvir sochuvchi yoki yig’uvchi linzalardan o’tish tufayli kattalashadi.
Bu hodisani namoyish qiluvchi eng sodda asbob bu - lupadir.
Birinchi optik mikroskop 1609-1610-yilari Galiley tomonidan qurilgan. U
ikkita linzadan iborat bo’lib, biri okular, ikkinchisi esa obyektiv deb ataladi.
Buyumga yaqin tomonda joylashgan obyektiv
tasvirni birinchi marta
kattalashtiradi, ko’zga yaqin joylashgan okular esa tasvirni yana bir marta
kattalashtiradi.
222
Odatda, namuna yupqa qatlam ko’rinishida olinib, undan o’tayotgan
nurda
ko’riladi. Shuning uchun buyum stolchasi ostida kondensor deb ataluvchi linzalar
va yorug’lik manbayi majmuasi joylashgan bo’ladi. Ular manba yorug’ligini
to’plab, uni quyiroqda turgan buriluvchi oyna orqali namunaga tushirib beradi.
10.1-rasmda optik mikroskopning ishlash sxemasi ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: