Delphi tilida



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə99/133
tarix07.01.2024
ölçüsü3,41 Mb.
#210126
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133
sodapdf-converted (1)

Fayl-server. Ushbu konsepsiyada tarmoqdan kirish huquqiga ega 
bolgan ma’lumotlar bazasi tizimining arxitekturasi markaziy EHM 
(fayllar serveri) sifatida tarmoq kompyuterlaridan birini ajratib 
ko‘rsatishini nazarda tutadi. Bunday kompyuterda umumiy 
foydalanishga moljallangan markaziy ma’lumotlar bazasi saqlanadi. 
Tarmoqdagi boshqa hamma kompyuterlar ishchi stansiyalari 
funksiyasini bajaradi. Ulaming yordami bilan foydalanuvchi tizimdan 
markaziy ma’lumotlar bazasiga kirishi ta’minlanadi. Ma’lumotlar 
bazasi fayllari foydalanuvchi so‘rovlariga mos ravishda ish stansiyalariga 
yuboriladi. Ma’lumotlami qayta ishlash asosan ish stansiyalarida amalga 
oshiriladi. Ma’lumotlar bazasiga kirish intensivligi katta bolganda 
axborot tizimining unumdorligi pasayadi. Foydalanuvchilar ish 
stansiyalarida lokal ma’lumotlar bazasi yaratishlari va ulardan yakka 
tartibda foydalanishlari ham mumkin. 
Kliyent-server. Bu konsepsiyada, markaziy ma’lumotlar baza-si 
maxsus kompyuterda (Ma’lumotlar bazasi serverida) saqlanishi bilan 
birga, ma’lumotlarni qayta ishlash masalalarining asosiy qismi 
bajarilishini ta’minlashi zarur. 
Kliyent (ish stansiyasi) tomonidan ma’lumotlarga berilgan so‘rov
serverdagi ma’lumotlami qidirish va topishga olib keladi. Olingan 
ma’lumotlar (ammo fayllar emas) tarmoq bo‘yicha ser-verdan kliyentga 
uzatiladi. Kliyent-server arxitekturasining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri SQL so‘rovlar tilidan foydalanish hisoblanadi. 
Ma’lumotlar bazasi — axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy 
qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun 
foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini 
amaliy dasturlardan ajratadi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) —bu dasturiy va 
apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib. ular yorda-mida 
foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi 
ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. 
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash 
tillariga ham ega bo‘lib. bu tillarga MBBT ning buyruqli dasturlash 
tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access 
va boshqalami misol keltirish mumkin. 

220 



Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin