Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


yetakchi o‘rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko‘rinishidir



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

yetakchi o‘rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko‘rinishidir.
Sillabik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar miqdorining tengligi
o‘lchov asosi sanalib, bu tizim bo‘g‘inlari sifat jihatidan sezilarli
farqlanmaydigan 
tillarga 
xosdir. Masalan, o‘zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-
qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi,
urg‘u ham turg‘un (asosan, so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning
uchun ham sillabik she’r tizimi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘proq
muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi
kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik
she’r sistemasi polyak, serb va xorvat she’riyatlarida ham yetakchi
o‘rin tutadi. Shu o'rinda she’r tizimi tilning tabiatiga mos boMishi


zarurligining yorqin misolini keltirib o‘tish joiz. Rus she’riyatida polyak
she’riyati ta’sirida XYIII asrgacha sillabik she’r tizimi qo'llangan.
Urg‘usi turg‘un boMgan bu tizim urg‘u o‘mi muqim boMmagan rus
tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she’riyatida uzoq
yashay olmadi.
Tonik she’riyatda misralardagi urg‘ular miqdori oMchov asosi
qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘gMnlar miqdori
ahamiyatsiz, urg‘ular miqdori teng boMsa kifoya. Bilasizki, so‘zlar
turli bo‘gMnlardan tarkib topadi, ulaming ayrimlari urg‘u olmaydi.
Demak, tonik she’ming misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi
ko'rinishi jihatidan nasriy nutqqa o‘xshab ketishi mumkin. Tonik
she’riyatning alohida bir ko‘rinishi sifatida sillabo-tonik she’r tizimini
ko‘rsatishimiz mumkin. Bu she’r tizimi XYIII asr o‘rtalaridan
boshlab rus she’riyatida qaror topa boshlagan va hozirda unda yetakchi

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin