tili va adabiyoti.—1998.—Nq6.—В 12—16.
4. Muhammadiyeva Sh. Fitrat va Cho‘lpon erkin vaznning asoschilari// 0 ‘zbek
tili va adabiyoti. 1998. № 6.— B.42—43.
5. 5. Литературный энциклопедический словарь.—М.,1987.
«She’r tizimi» va «vazn» tushunchalari haqida. She’riy tizimlar.
Barmoq she’r tizimi. Erkin she’r (sarbast) haqida.
Ma’lumki, ilmiy termin (istiloh) muayyan fan tarmog‘i doirasida
faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qaramay, amaliyotda
bu qoidadan chekinilgan hollarga bot-bot duch kelamiz: ba’zan
tushunmaganlikdan, ba’zan so‘zning an’anaviy ishlatilishiga ergashib
istilohiy chalkashliklarga yoM qo‘yamiz. Masalan, biz aniq bir g‘azal
haqida «aruz vaznida yozilgan» deyishimiz ham, adabiyot tarixi haqida
gapiraturib «aruz vazni musulmon sharq she’riyatida yetakchi mavqeni
egallagan» qabilida fikrlashimiz ham mumkin. Holbuki, konkret g‘azal
«aruz vazni»da emas, aruzning «falon vaznida» (ramali musammani
maqsur, xazaji musammani maxzuf va hokazo) yozilgan boMadi,
ya’ni vazn konkret she’rda namoyon boMadigan hodisa, u konkret
she’ming oMchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi holda «aruz
vazni musulmon sharqi she’riyatida yetakchi mavqeni egallagan»
deyilganda «vazn» emas, balki vaznlar sistemasi - she’i tizimi
nazai da
tutilgan. Ko‘rinadiki, biz «vazn» terminini ham konkret she’ming
oMchovi (metr) ma’nosida, ham «she’r sistemasi» ma’nosida
ishlatyapmiz va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda.
Mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishimiz lozim boMadi.
Shu bois ham biz «she’r tizimi» deganda muayyan oMchov
tamoyillarga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |