xil vaznlaming yuzaga kelishi barmoq tizimining ritmik imkoniyatlarini kengaytirgani shubhasiz. Va, shuni ham ta’kidlash kerakki, hali barmoq tizimining ritmik-intonatsion imkoniyatlari to'la ro'yobga chiqarilgan emas. Shu bilan birga, XX asr o'zbek she’riyatida yetakchilik qilgan bu she’riy tizim o'tgan vaqt davomida sezilarli sifat o'zgarishlarini boshdan kechirdi, o'zining bir talay ritmik- imkoniyatlarini namoyon eta oldi. Mazkur masalani maxsus tadqiqot obyekti sifatida o'rganish adabiyotshunosligimizning galdagi vazifalaridan bo'lib turibdi. Umid qilamizki, yuqoridagi mulohazalarimiz sizga barmoq tizimi juda sodda, jo'n («barmoq bilan bo'g'inlar sanab qo'yilsa bo'ladigan») hodisa emasligini ayon qildi va Barmoqlar o'ch toriga, Oqshom chog'ida. Dil roz aytar yoriga Visol bog'ida. 7 5 7 5 Tolzor kuz rangida va salqin. Daraxtlarda yaproqlar oltin. Tog'dan esar el oqin-oqin, Tag'in bo'lur tin. 9 9 9 5
siz bu masalani mustaqil tarzda chuqurroq o'rganishga harakat qilasiz. Hozirgi o‘zbek she’riyatida ancha keng qo‘llanilayotgan she’r shakllaridan biri sarbast(erkin she’r)dir. Erkin she’r o‘zbek adabiyotida XX asrdan boshlab ommalasha boshlagan. Erkin she’r o‘zbek she’riyatida barmoq asosida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, uni o‘ziga xos bir hodisa, alohida she’r tizimi sifatida shakllanish bosqichidagi hodisa sanash mumkin. Erkin she’rda misralardagi bo‘g‘inlar soni ham, ulaming cho‘ziq-qisqaligi ham, turoqlanish yoxud qofiyalanish tartibi ham erkindir. Sarbastda ohangdorlik ko‘proq intonatsiya hisobiga yuzaga