boMishini keltiradilar. Bu fikrlaming qaysi biri haqiqatga yaqinligidan qat’i nazar, biz «aruz»ning istilohiy ma’nosi bilan ish ko'ramiz, ya’ni «aruz» deganda, sharq she’riyatida keng tarqalgan metrik she’r tizimini tushunamiz. Mutaxassilar aruz she’r tizimi arab adabiyotida YIII asrdan maydonga kelgani va IX asidanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo'llanila boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan o'zbek adabiyotida ham aruzning qo'llanila boshlashi taxminan shu vaqtga to'g'ri keladi, degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to'xtalib: «Bizning O'rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur «Qutadg'u bilik» kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma’lum bo'ladur», deb yozadi. Modomiki, turkiy tildagi aruzda yaratilgan ilk asar sifatida hozircha «Qutadg'u bilik» tan olinar
ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to'g'ri keladi deyish mumkin. Aruzdagi eng kichik ritmik bo'lak sifatida ayrim mutaxassislar (arab va fors aruzshunosligi an’analariga muvofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko'rsatishadi. Ya’ni eng kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yozuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning olingani qulayroq. Shunday bo'lsa ham, aruzdagi tarkiblanishni yaxshiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida olingan holatdagi tarkiblanishga qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo'lak — harf, harf esa ikki turli bo'ladi: mutaharrik (cho'zg'ili) va sokin (cho'zg'isiz).