vaznli she’r bilan geterometrik she’r orasida qanday farq bor? Buni o ‘z misollaringiz bilan tushuntiring. 5. “Sarbast” nima? Sarbastni alohida she’r tizimi deb atash mumkinmi? Sarbastni “she’r tizimi sifatida shakllanish bosqichidagi hodisa” deb atashga munosabatingiz qanday? Umuman, barmoq yoki aruzga qiyosan olinsa, sarbastni “she’r tizim i” desa b o‘ladimi? Adabiyotlar: 1. Fitrat. Adabiyot qoidalari. —Т., 1995. 2. Toychiyev U. 0 ‘zbek she’r sistemalari.—Т., 1981. 3. Tychiyev U. Yassaviy va o ‘zbek she’r tuzilishi// 0 ‘zbek tili va adabiyoti.— 1999 № 2 .- B .15-18. 4. Muhammadiyeva Sh. Fitrat va Cho‘lpon erkin vaznning asoschilari// 0 ‘zbek tili va adabiyoti. 1998. Nq6.—B.42—43. 5. Литературный энциклопедический словарь.—М.,1987.
Aruz atamasi haqida. Aruzda ritmik bo‘laklar: harf, juzv, rukn, bahr. Solim va far’iy bahrlar. Zihof. Aruzda yozilgan she’r vaznini aniqlash. A.Navoiy «Mezonul avzon»da bergan ma’lumotga ko‘ra, «aruz» atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy nomi bilan bogMiq ekan. Boshqa aruzshunoslar, xususan, Vohid Tabriziy esa «aruz» arab tilida chodimi tutib turish uchun o‘rtaga qo'yiladigan yog‘och(ustun)ni anglatadi va aruz atamasi shu so‘zdan olingan, deb hisoblaydilar. Ular bu fikrning qo'shimcha asosi sifatida yana baytdagi birinchi misraning ham «aruz» deb atalishi, baytning ham (xuddi chodir «aruz»ga tayanganidek) shu ruknga tayanishi, ya’ni shu rukn o'qilganda she’rning qaysi vaznda ekanligi aniq