Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


«aruz tizimi» deyilganda misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming ma’lum



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

«aruz tizimi» deyilganda misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming ma’lum
tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she’riy sistema»
tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlami o‘z ichiga oladi.
Ma’lum boMdiki, «she’r tizimi» she’r tuzilishining asosini, asosiy


qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she’riyatidagi «she’riy
tizim» o‘sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Mavjud she’r tizimlarining hammasida asosiy oMchov birligi sifatida
bo‘g‘in olingan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifat va
miqdor ko‘rsatkichlariga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari she’riyatida
mavjud she’riy sisternalar bo‘g‘inning miqdori (sillabik she’r tizimi),
urg‘uli yoki urg‘usizligi (tonik), cho‘ziq yoki qisqaligi (metrik),
baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlami o'lchov
asosi qilib oladi.
Metrik she’r tizimi misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming muayyan
tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she’r tizimi
unlilari cho‘ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko‘proq
xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga
asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema
sifatida shakllanib, o‘shandayoq uning nazariy asoslari, qat’iy qoidalari
ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v )
mora deb nomlanib, u eng kichik oichov birligi sanalgan. Cho‘ziq
hijo (-) ikki moraga (v v ) teng deb qaralgan. Shuning o‘ziyoq
metrik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar soni turlicha bo‘lsa-da,
ulaming talaffuz vaqti teng bo‘lganligini va ayni shu narsa izometriyani
(izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi. Sharq she’riyatida

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin