Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Yormabop donlarga gidrotermik ishlov berish



Yüklə 101,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/158
tarix27.09.2023
ölçüsü101,52 Kb.
#149638
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158
Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

Yormabop donlarga gidrotermik ishlov berish
usullari
Yormabop donlarga gidrotermik ishlov berish - donga sun' iy 
ravishda suv (bug‘) va issiqlik bilan ta ’sir etib, uning texnologik 
xususiyatini o ‘zgartirish, qulay sharoitda yuqori sifatli yorma olish, 
uning ozuqligiga va ta ’miga oid sifatini oshirish asosida saqlash 
davrini uzaytirishga erishiladi. M aium ki, don - tirik organizm 
b o iib , unga tashqaridan ta ’sir etish natijasida, unda murakkab 
fizik-kimyoviy va biokimyoviy o ‘zgarishlar ro ‘y beradi. Uning 
mexanik tuzilish tarkibi: pishiqligi, qayishqoqligi, yopishqoqligi va 
shaffofligi o ‘zgaradi. Gidrotermik ishlov berish natijasida dondagi 
oqsil modda denaturatga, kraxmal esa dekstringa aylantiradi va 
boshqa jarayonlar amalga oshadi. Bu esa yormaning tarkibini 
o ‘zgartirib yuboradi. Donga suv bilan ishlov berilganda, donning 
qismlari bir xilda shishmaydi. Gul qobig‘i kapillyar yuzaga ega 
b o iib , m ag izg a nisbatan namlikni o‘ziga tez oladi, meva q o b ig i 
esa endospermga nisbatan namlikni tez yutadi. Endosperm oqsili 
gidrofil modda boiganligi uchun, kraxmalga nisbatan namlikni ko ‘p
200


va tez singdirish qobiliyatiga ega. Donning alohida qismlari bir xil 
shishmasligi natijasida uning ichki qismida o ‘zgarish ro ‘y beradi.
Namlikning sezilarli darajada ortib borishi suli, arpa donlari 
meva va gul qobiqlarining qayishqoqligini orttiradi. Grechixa, arpa 
donlarining gul qobig‘i bilan meva qobig‘i orasidagi bog‘lanish 
zaiflashtirib, ular orasidagi uzunasiga qo‘shilgan hujayralaming 
emirilishiga olib keladi.
Don massasini namlash va dimlash jarayoni
Don massasini suv yoki bug‘ bilan namlashning aniq tartibi 
o ‘rnatiladi. Donga namlik, uni o ‘rab turgan qobiq va ayniqsa, 
murtak orqali kirib boradi, bunga qobiqning ko‘p sonli kapillyarlari 
imkon beradi. Namlovchi apparat don massasining barcha vuzalarini 
baravar namlashni ta ’minlashi kerak.
Donni namlash uchun sarflanadigan suv miqdori donning turi, 
unga qaysi tartibda GTI berilishi, uning dastlabki namligi va necha 
foiz namlanishiga asoslanib hisoblanadi. Don massasini talab etilgan 
darajada namlash uchun sarf bo‘ladigan suv miqdori quyidagi 
formula orqali hisoblanadi:
Gk= G, * [100- Wj /100-W2-l]kg
bu yerda, 
G, - sarflanadigan suvning miqdori, litr;
Gk- donning og‘irligi, kg;
W j- donning dastlabki namligi,%
W2- donning namlangandan so‘ngi namligi,%.

Yüklə 101,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin