Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Farmatsevtika menejmentida



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə18/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

14.3.3. Farmatsevtika menejmentida
modellar va uslublar
Ilmiy yondoshishlar va uslublar, boshqaruvni tizimli tashkil etish va jarayonlarni modellashtirish hozirgi zamon farmatsevtika menejmentining fundamental asosini tashkil etadi.

Farmatsevtika menejmentida quyidagi turli ilmiy uslublardan foydalaniladi:


· umumiy ilmiy (tizimli tahlil, kompleks yondoshish, dasturiy-maqsadli rejalashtirish);
· tahlil qilish-istiqbolni belgilash (ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, tarmoqli rejalashtirish, modellashtirish, iqtisodiy-statistik, ishbilarmonlik o‘yinlari uslublari);
· fan sohalaridan metodik usullar (jamiyatshunoslik, ruhshunoslik (psixologiya), estetika, ekologiya va boshqalar).
Farmatsevtika menejmentida ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun modellashtirish — tashki­lotlarni boshqarish jara­yonlari modellarini tuzish va ularni tadqiqot qilishdan keng foy­dalaniladi.
Modellashtirish uslubi o‘xshashlik tamoyillariga asoslangan: model qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun eng muhim jihatlarida asl nusxaga monandir.
Model — boshlang‘ich obyektni (asl nusxani) o‘rganish uchun yaratiladigan, uning asosiy va eng muhim elementlari, bog‘lanish­lari, munosabatlarini, ularning parametrlari va tavsif­larini taqriban o‘zida mujassamlashtiradigan ideal yoki moddiy obyekt.
Farmatsiyada modellarning quyidagi: konseptual, grafik, iqtisodiy-matematik, axborot turlari eng ko‘p tarqalgan.
Modellashtirish barcha pog‘onadagi menejerlarga, bevosita yoki bilvosita tarzda ularning harakatlarini yo‘naltiruvchi, ko‘pgina masalalarni qulay, nisbatan oddiy va arzon samarali hal qilish asbobini beradi.
Farmatsevtika menejmentida modellashtirishning asosiy elementi tashkilotning maqsadlarini aniq ifodalashdan iborat bo‘lib, u ko‘p jihatdan farmatsevtika tashkiloti faoliyatining muvoffa­qiyatlarini belgilab beradi. Demak, har bir menejer o‘zi boshqa­rayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalashni bilishi hamda unga erishish vositalarini belgilab olishi lozim.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin