16.4- jadval
Funksiyalarni samarali bajarishning me’yorlari
Farmatsevtika firmasining bosh direktori, odatda, funksiyalar murakkabligining maksimal koeffitsiyentida va ularni bir-biriga qo‘shilishining eng past darajasida ishlaydi, shuning uchun u bajaradigan funksiyalarning soni 6 dan ortmasligi lozim. Ularning sonini 1—17 gacha orttirish zarur bo‘lganida, o‘rinbosarlarni tayinlash va ularga funksiyalarning bir qismini o‘tkazish, bajariladigan ishning murakkabligini kamaytirish, funksiyalarning bir-biriga qo‘shilish darajasini esa orttirish lozim.
Faoliyatning birgalikdagi ketma-ket turi vaqtinchalik taqsimlanishi va unda har bir xodimning ishtirok etish (masalan, dorinomalarni qabul qilish, dorilarni tayyorlash, sifatini nazorat qilish, dorixonaning dorinomalar ishlab chiqarish bo‘limidan dorilarni chiqarish) tartibi bilan farqlanadi.
Faoliyatning birgalikdagi individual turi mehnatning ishtirokchilari o‘rtasida bevosita o‘zaro bog‘lanishning minimal darajada bo‘lishi (yoki umuman bo‘lmasligi) bilan tavsiflanadi. Turli ijrochilarni faqat individual ravishda ishlov beriladigan mehnat vositasi birlashtiradi (masalan, dorixona faoliyatini turli mutaxassislar tomonidan tekshirilishi, tahlil qilinishi).
Birgalikdagi faoliyat ishlayotganlardan jamoa maqsadlariga, guruh ma’naviyatiga yo‘nalganlikni talab qiladi. O‘zaro bog‘lanishning turi korxona xodimlarining xususiyatlari va shaxsiy tavsifnomalari bilan belgilanadi. Faoliyatning birgalikdagi ketma-ket turi bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun yuqori darajada intizomli bo‘lish, me’yorlar va qoidalarga qat’iy rioya qilish xususiyatlari xosdir. Birgalikdagi-individual turdagi faoliyat jarayonining ishtirokchilariga yuqori tashabbuskorlik, natijaga va individual yutuqlarga yo‘nalganlik, maqsadga erishish usullarini mustaqil ishlab chiqish va samarali harakat qilish xususiyatlari xosdir.
Dostları ilə paylaş: |