3. Sirtmoqsimon cho‘lg‘am
Sirtmoqsimon cho‘lg‘amlarni ko‘pincha parallel cho‘lg‘amlar xam deb ataladi. Sirtmoqsimon cho‘lg‘amlarning birinchi, ikkinchi va natijaviy qadamlari bor. Birinchi qadam U1 ni aniqlashni bilamiz, ikkinchi qadam U2 ikkita seksiyaning qo‘shni tomonlari orasidagi masofa. Cho‘lg‘amning natijaviy qadami (37.a-rasm).
U=U1+U2
Sirtmoqsimon cho‘lg‘amning kollektor bo‘linmasi, kollektor plastinasini qalinligi bilan plastinalar orasidagi ximoyalovchi prokladka qalinliklarining yiindisiga teng. Ikkita qo‘shni asosiy qutb o‘zaklarining o‘rtasidan, yakorning o‘qi yo‘nalishida yakorning magnit o‘zagini yuzasidan o‘tgan chiziqga geometrik neytral chizii deb ataladi.
38-rasm. Sirtmoqsimon cho‘lg‘am seksiyalari
Bu chiziqning xamma nuqtalarida induksiya V=0 nolga teng. Sirtmoqsimon cho‘lg‘amlarda cho‘tkalarning tok bilan bir xil yuklanishini taominlash uchun birinchi tartibli muvozanatlashtiruvchi o‘tkazgichlar qo‘llaniladi. Bu o‘tkazgichlar orqali muvozanatlashtiruvchi toklar oqib o‘tadi. Muvozanatlashtiruvchi o‘tkazgichlar teng potensialli nuqtalarni ulaydi. O‘zgarmas tok mashinalarida oddiy sirtmoqsimon (38-rasm) cho‘lg‘amlardan, tashqari murakkab sirtmoqsimon cho‘lg‘amlar xam qo‘llaniladi. Murakkab sirtmoqsimon cho‘lg‘am m ta oddiy sirtmoqsimon cho‘lg‘amdan tashkil topgan bo‘ladi, ularni m qadamli cho‘lg‘amlar deb xam atash mumkin.
4. To‘lqinsimon cho‘lg‘am
To‘lqinsimon cho‘lg‘amning (37.b-rasm) xar bir parallel tarmoi xamma qutblar ostida bo‘lganligi sababli, qutb o‘zaklari ostidagi magnit maydonning turli kattalikka ega bo‘lishiga qaramasdan, ketma-ket ulangan seksiyalarda bir xil kattalikdagi elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Bundan tashqari to‘lqinsimon cho‘lg‘amning qadami butun son bo‘lmaganligi sababli bu cho‘lg‘amda teng potensialli nuqtalar bo‘lmaydi. Oddiy to‘lqinsimon cho‘lg‘amlarning kollektor bo‘yicha qadami Uk bilan kollektor plastinalari soni K o‘rtasidagi bolanishga asosan cho‘lg‘amning qadami
Cho‘lg‘amning birlamchi qadami
Shuning uchun bu cho‘lg‘amlarda baozi muvozanatlashtiruvchi o‘tkazgichlar bo‘lmaydi. To‘lqinsimon cho‘lg‘amlar qo‘llangan o‘zgarmas tok mashinani kollektorida o‘zaro parallel ulangan ikki qutbli cho‘tkalar o‘rnatiladi.
Oddiy to‘lqinsimon cho‘lg‘amlar bilan bir qatorda murakkab to‘lqinsimon cho‘lg‘amlar xam qo‘llaniladi. Bu cho‘lg‘amlarning aloxida seksiyalarini yuklama toki bilan bir xil yuklanishlari uchun ikkinchi tartibli muvozanatlashtiruvchi simlar qo‘llaniladi. Buning uchun cho‘lg‘amni teng potensialli qadamlari topilib shu nuqtalar muvozanatlashtiruvchi sim yordamida ulanadi.
Dostları ilə paylaş: |