Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Yakor cho‘lg‘amlarini tanlash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə45/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

5. Yakor cho‘lg‘amlarini tanlash


Kommutatsiya jarayonini yaxshilash uchun cho‘lg‘amlarning parallel tarmoqlaridagi toklarning kattaligi 400  450A dan ortib ketmasligi shart. Kichik quvvatli mashinalarda kerak bo‘lgan kuchlanishni xosil qilish uchun yakorning o‘ramlar sonini ko‘paytirish kerak. Shuning uchun bunday mashinalarda parallel tarmoqlar soni kichik bo‘lgan oddiy to‘lqinsimon cho‘lg‘am qo‘llaniladi.
Shunga asosan kuchlanishi Un=220 V ga teng va quvvati Rn=80100 kVt gacha bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalarida oddiy to‘lqinsimon cho‘lg‘am, murakkab to‘lqinsimon cho‘lg‘am esa, Rn=150300 kVt gacha bo‘lgan mashinalarda qo‘llaniladi. Oddiy sirtmoqsimon cho‘lg‘am Rn=100500 kVt va undan katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarida qo‘llaniladi. Murakkab sirtmoqsimon cho‘lg‘am asosan past kuchlanishli (Un<50 V) o‘zgarmas tok mashinalarida qo‘llaniladi.
Yakorning aralash cho‘lg‘amlari yuklamasi tez o‘zgaruvchan katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarda qo‘llaniladi. Cho‘lg‘am turini tanlashda shuningdek elektr mashinaning juft qutblar soni, yakorning aylanishlar tezligi va xokazolarga eotibor beriladi. Seksiyadagi parallel o‘tkazgichlar soni birga teng bo‘lgan cho‘lg‘amlar past kuchlanishli va katta tok oqib o‘tadigan elektr mashinalarida qo‘llaniladi.


6. Yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi


Yakorning diametral qadamli cho‘lg‘amining aktiv o‘tkazgichlar sonini N bilan belgilab, cho‘tkalari geometrik neytral chiziqda o‘rnatilgan yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuchni xisoblaymiz. Yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchini xisoblash uchun xamma o‘tkazgichlardagi elektr yurituvchi kuchlarni qo‘shamiz. Agar yakorning chiziqli tezligi V= 2rn bo‘lsa u xolda yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuch


Ea=CeF n (2-1)


ifoda yordamida aniqlanadi.


Bu yerda Ce = elektr yurituvchi kuch doimiysi; r - juft qutblar soni; - cho‘lg‘amni paralel tarmoqlarining soni; - xavo bo‘shliidagi magnit maydon; n - yakorning aylanishlar tezligi; - qutb bo‘linmasi.
Agar yakorning aylanishlar tezligini n ni mexanik burchak tezlik orqali ifodalansa, yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuch
Ea=Cm F (2-2)

bu yerda: Sm - moment doimiysi; =2n mexanik burchak tezligi.
Cm = (2-3)
Yakordagi elektromagnit momentni aniqlash uchun cho‘lg‘amning xar bir o‘tkazgichiga taosir etayotgan elektrodinamik kuchlar qo‘shiladi. Elektrodinamik kuchlar taosirida o‘zgarmas tok mashinasining yakorida erishilgan elektromagnit moment quyidagicha aniqlanadi.

Mem = CmF Ia (2-4)


(10-21) va (10-23) tenglamalarni birgalikda yechib, elektromagnit quvvatning ifodasini aniqlash mumkin




(2-5)



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin