Parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli generatorlarda qo‘zatish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘ami bilan parallel ulangan bo‘lib, qo‘zatish toki nominal tokning 15% ni tashkil etadi. Ketma-ket qo‘zatishli o‘zgarmas tok generatorlarida qo‘zatish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘ami bilan ketma-ket ulanib, qo‘zatish toki isteomolchi tokiga teng bo‘ladi. Parallel va mustaqil qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok generatorlarining qo‘zatish tokini o‘zgartirish uchun qo‘zatish zanjiriga reostat ulanadi. Ko‘pincha katta quvvatli o‘zgarmas tok generatorlari mustaqil qo‘zatish cho‘lg‘amli variantda tayyorlanadi.
Kichik va o‘rtacha quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari asosan parallel qo‘zatish cho‘lg‘amli variantda tayyorlanadi. Ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok mashinalari uncha keng tarqal-magan bo‘lib, asosan transport mexanizmlarini xarakatga keltirish maqsadlarida foydalaniladi. Mustaqil qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok generatorini energetik diagrammasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (45-rasm). Birlamchi dvigateldan generatorning valiga berilayotgan R1mexanik quvvatning mexanik Rmx, magnit Rmg va qo‘shimcha Rqo‘sh isroflaridan qolgan qismi yakorda elektromagnit quvvatni xosil qiladi. Yakordagi elektromagnit quvvatning bir qismi yakor zanjiridagi (yakor cho‘lg‘ami, qo‘shimcha qutblar, kompensatsiyalovchi cho‘lg‘amlar) quvvat isroflarini qoplashga sarflanadi. Elektromagnit quvvatning qolgan qismi isteomolchiga uzatilayotgan foydali quvvat bo‘lib xisoblanadi.