Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Elektr mashinalarni qizishi va sovutish sistemalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə49/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

1.1. Elektr mashinalarni qizishi va sovutish sistemalari


Elektr mashinalarda energiyaning bir qismi aylanayotgan elementlarning sirpanishiga sarflanib, energiyaning mexanik isroflari; cho‘lg‘amlar orqali toklar oqib o‘tganda sodir bo‘ladigan quvvat isroflariga energiyaning elektrik isroflari; magnit o‘zagidagi magnit oqimning davrga boliq ravishda o‘zgarishi bilan boliq bo‘lgan energiyaning isroflariga magnit isroflar deyiladi.
Energiyaning isroflari elektr mashinalarini aktiv va konstruktiv qismlarida issiqlik ko‘rinishda ajralib chiqadi. Elektr mashinalardan ajralib chiqqan issiqlik mashinaning ichki qismiga uzluksiz ravishda katta bosimda berib turiladigan sovutuvchi agent (gaz yoki suyuqlik) yordamida o‘rab turgan muxitga uzatiladi.
Elektr mashinalarni sovutish sistemalari sovutuvchi agent gaz yoki suyuqlik oqib o‘tadigan mashinaning ichidagi kanallardan va sovutuvchi gaz yoki suyuqlikni mashinani ichiga bosim ostida uzatishni taominlovchi ventilyator yoki nasoslarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek issiqlik almashtiruvchi – sovutgichlar xam sovutish sistemasining tarkibiga kiradi. Elektr mashinalarning sovutish sistemasini tipik sxemasi (52 – rasm) da ko‘rsatilgan. Sovuq xoldagi 1 xaroratga ega bo‘lgan gaz (ko‘pincha sovuq xavo) mashinaning ichiga chap tomondagi maxsus daricha orqali kiradi. Sovuq xavo yoki gaz mashinaning o‘qi bo‘yicha stator va rotor va orasidagi xavo bo‘shliidan sovutish kannallari orqali oqib o‘tadi. Sovutish agenti mashinaning qizigan qismlarini yuvib (cho‘lg‘amlarning o‘tkazgichlari 1,2 va magnit o‘zak 3,4) qizigan qismlardan olgan issiqlik xisobiga asta-sekin qiziy boshlaydi.


52 - rasm. O‘zgarmas tok mashinasining sovutish sistemasi


Sovutish trakti bo‘yicha xarakatlanayotgan sovutuvchi gazning xaroratini ortishini 2 mashinaning sovutish uchun sarflangan gazning (yoki suyuqlikning) miqdori va uning xajmiy solishtirma issiqlik siimi Sv Dj/(Sm3) yordamida ifodalash mumkin.
(13.2)

bu yerda: - sovuq xoldagi gazning yoki suyuqlikning xarorati; -issiq xol-dagi gazning yoki suyuqlikning xarorati; -sovutuvchi gaz yoki suyuqlik yordamida olib chiqib ketilgan o‘rtacha quvvat isroflari; Q–sovutuvchi agentning xajmi.
Elektr mashinaning qizigan cho‘lg‘amlaridagi va magnit o‘zaklaridagi xarorat to‘liq ravishda sovutuvchi agentga uzatiladi.
Elektr mashinaning ichiga sovutuvchi gazni to‘liq aylanishini (sirkulyatsiya) taominlash uchun kerakli bosimni valga o‘rnatilgan ventilyator yordamida xosil qilinadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin