plazmogenlar,
ularning majmuasini esa
plazmon (plazmotip)
yoki
sitotip
deyiladi.
Odam da ko‘p irsiy kasalliklar mitoxondriya genlariga bog‘liq
va ular faqat onadan o ‘g ‘il va qizlariga o ‘tadi.
Sitoplazmatik irsiyat organizmlar moslanuvchanligini ta ’min-
lashda katta ahamiyatga ega. Sitoplazmatik irsiyat tufayli mitoxon-
driyalar, xloroplastlar, plazmidalar tashqi m uhit — sharoitlariga
bevosita moslashadi va organizmning o ‘zgargan sharoitlarga tez
javob reaksiyasini ta ’minlaydi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
1. Pleyotropiyaning mohiyati.
2. Birlamchi pleyotropiya nima? (misollar keltiring).
3. Ikkilamchi pleyotropiya nima? (misollar keltiring).
4. Sitoplazmatik irsiyatning mohiyati.
5. Plazmogenlar nima?
6
. Plazmon, plazmotip va sitotip tushunchalarini izohlang.
7. Bakteriyalarda antibiotiklarga chidamlilikning kelib chiqishini
tushuntirib bering.
8
. Nima uchun sitoplazmatik irsiyat ona orqali irsiylanadi.
9. Sitoplazmatik irsiyatning ahamiyatini tushuntiring.
Masalalar
1.
Qorako‘l qo‘ylarda A geni pleyotrop xususiyatiga ega. Bu
dominant gen junning kulrangligini belgilaydi, gomozigot holatda
(AA) oshqozonning sut rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. AA genotipli
qo‘zichoqlar ona sutini emizishni to ‘xtatilgandan keyin nobud bo‘ladi.
Retsessiv a geni gomozigot holatida qora rangni keltirib chiqaradi.
Geterozigot (Aa) genotipli qo‘zichoqlarda oshqozon normal rivojlana-
di va qo‘zichoqlar tirik qoladi. Shu bilimlarga amal qilib quyidagi
masalalarni yeching.
55
a) Ikki kulrang qo‘yning chatishtirish natijasida qanday fenotipli
qo‘zichoqlarni olish mumkin?
b) Hamma qo‘zichoqlar yetuk holatigacha rivojlanishini ta’min-
lash uchun kulrang urg‘ochi qo‘yni qanday qo‘chqor bilan
chatishtirish lozim?
2.
Tovuqlar zotlaridan birida oyoqlari kalta bo‘ladi (bunday
tovuqlar polizni titkilamaydi). Bu belgi dominant xarakteriga ega.
Dominant gen tovuqlar tumshug‘ining kalta bo‘lishiga ham ta’sir qila
di. Gomozigot jo ‘jalarda tumshug‘ juda kalta bo‘lgani uchun ular tu-
xumni yorib chiqa olmaydilar va natijada nobud bo‘lishadi.
Faqat kalta oyoqli tovuqlarni ko‘paytiruvchan inkubatorda 3000
jo ‘ja ochib chiqqan bo‘lsa, ular orasida qanchasi kalta oyoqli jo ‘jalar
ekanligini aniqlang.
Test topshiriqlari
1. Birlamchi pleyotropiya deb nimaga aytiladi?
A) gen ta’sirida bir necha belgilar bir vaqtning o‘zida yuzaga
chiqadi
B) Bir genning bir necha belgilarni nazorat qilishi yoki ko‘p
tomonlama ta’siri
C) Mutatsiya gen ta’sirida avval bitta belgi keyin ketma-ket ra-
vishda bir qancha belgilar yuzaga chiqishi.
D) Har xil dominant allelmas genlarning 1ta belgini kuchaytirishi
2. Odamda pleyotropiyaga bog‘liq kasallik qaysi javobda to‘g ‘ri
k o ‘rsatilgan?
A) Gemofiliya
B) Daltonizm
C) O‘rgimchak barmoqlilik
D) Bombey fenomeni
3. Ikkilamchi pleyotropiyada qanday jarayon yuz beradi?
A) Gen ta’sirida bir necha belgilar bir vaqtning o ‘zida yuzaga
chiqadi
B) Bir genning bir necha belgilarni nazorat qilishi yoki ko‘p
tomonlama ta’siri
C) Mutatsiya gen ta ’sirida avval bitta belgi, keyin ketma-ket ra-
vishda bir qancha belgilar yuzaga chiqishi.
D) Har xil dominant allelmas genlarning 1ta belgini kuchaytirishi
4. Yadrodan tashqari xromosomaga bog‘liqmas o ‘zgaruvchanlik deb
ham ataladigan o ‘zgaruvchanlikni toping?
A) Gen irsiyati
56
Genetika
B) Xromosoma irsiyati
C) Genom irsiyati
D) Sitoplazmatik irsiyat
5. Bakteriyalarda halqasimon D N K molekulalarida nimalar
aniqlangan?
A) plazmidlar B) rezus omil C) gen D) xromosoma
6. Irsiyatning sitoplazmada joylashgan faktorlari nima deb ataladi?
A) Plazmon yoki sitotip
B) Plazmogen
C) Plazmid
D) Plastogen
7. Irsiyatning sitoplazmada joylashmagan faktorlarini nima deyiladi?
A) Plazmon yoki sitotip
B) Plazmogen
C) Plazmid
D) Plastogen
8. Qorako‘l qo‘ylarida gomozigotli dominant genga ega bo‘lgan
qo‘chqorchalar qachon o ‘ladi?
A) Ona sutini emizish to‘xtatilganda
B) Tug‘ilmasdan
C) Bunday genotipli qo‘chqorchalar uzoq yashaydi
D) Barcha javoblar xato.
IV
B O B
O ‘zgaruvchanlik
O ‘zgaruvchanligi tirik organizmlarning fundam ental xusu-
siyatlaridan biridir. Irsiyatga qaram a-qarshi ravishda o ‘zgaruv-
chanlik bir turga kiruvchi organizmlar belgilari va xususiyatlarining
xilma-xilligini ta ’minlaydi. Bunday xilma-xillik asosida irsiy
axborotning o ‘zgarishi yoki genlarning m uhitning har xil sharoit-
larida har xil nom ayon b o ‘lishi kabi sabablar yotadi.
Irsiy
va
irsiy bo‘lmagan
o ‘zgaruvchanlik kuzatiladi.
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni
fenotipik, modifikatsion
yoki paratipik o ‘zgaruvchanlik deb ham ataladi.
Irsiy o‘zgaruvchanlik — kombinativ
(meyozda krossingover
natijasida yoki rekombinatsiya jarayonida) va
mutatsion
b o ‘lishi
mumkin. O ‘zgaruvchanlik xillari quyidagi jadvalda ifodalangan
(7-
jadval).
57
7-j a d v a l
Dostları ilə paylaş: |