variatsion egri
chiziq h o sil
bo‘ladi. Variatsion qatorning o‘rtacha arifmetik ko‘rsat-
kichi o‘zgaruvchanlikning muhim xarakteristikasi hisoblanadi.
Mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar:
1. O‘zgaruvchanlik nima? O‘zgaruvchanlik va irsiyat orasida qan
day bog‘lanishlar bor?
2. O‘zgaruvchanlikning qanday turlarini bilasiz?
3. Plastik va noplastik belgilarni izohlang, misollar keltiring.
61
4. Fenokopiyalar nima? (misollar keltiring).
5. Morfozlar deb qanday o‘zgarishlarga aytiladi?
6. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi va tibbi-
yotdagi ahamiyati qanday?
7. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikni qanday usullar yordamida
o‘rganish mumkin?
8. Biometrik usul qanday bosqichlaridan tarkib topgan?
9. Reaksiya normasi nima va uning tibbiyotdagi ahamiyati qan-
day?
10. Ketle qonunini bilasizmi?
Masalalar
1. Drozofila pashshalarida metamorfoz holati kuzatilganda
quyidagi o‘zgarishlar aniqlangan: a) lichinkalar ozuqasiga kumush
nitrati qo‘shib berilsa, pashshalar dominant kulrang belgi bo‘yicha
gomozigotali (AA) bo‘lishiga qaramasdan, rangi sariq bo‘ladi;
b) gomozigotali resessiv kalta geniga (bb) ega bo‘lgan pashshalar 15°C
da saqlansa qanotlari kalta bo‘ladi, agar ulardan 31°C da saqlansa qa-
notlar normal tuzilishga ega bo‘ladi.
Bunday o‘zgarishlar mohiyatini tushuntiring. Bu holatda resessiv
gen dominant genga aylanishi mumkinmi?
2. Tug‘uruqxonadagi 50 ta chaqaloq bo‘y uzunligi bo‘yicha
quyidagi ko‘rsatkichlarga
(8-jadval)
ega:
8-j a d v a l
Bo‘y uzunligi (sm)
44
46
49
50
52
55
57
Variantlar soni
5
3
7
15
10
6
4
a) shu belgi ko‘rsatkichlari asosida variatsion egri chiziqni chi-
zing.
b) belgining o‘rtacha ko‘rsatkichini aniqlang.
3.
Bog‘chadagi kichkintoylar guruhidagi 50 ta tarbiyalanuvchilar
og‘irliklari bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga
(9-jadval)
ega:
9-j a d v a l
Og‘irlik (kg)
8,5
9,0
9,5
10,0
12,0 14,5
15,0
Variantlar soni
4
7
10
12
10
6
1
Belgining variatsion egri chizig‘ini chizing, o‘rtacha ko‘rsatkichi-
ni aniqlang.
62
Genetika
Test topshiriqlari:
Dostları ilə paylaş: |