Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə122/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Sotsiologiya nuqtai nazaridan individ - bu inson naslining ayrim olingan vakili va insoniyatning barcha ijtimoiy va psixologik xususiyatlarining: aql, iroda, ehtiyojlar, manfaatlar va boshqalarning muayyan sohibi. Bu holda «Individ» tushunchasi muayyan, aniq bir insonni anglatadi22.
Va nihoyat, falsafa uchun individ ijtimoiy atom, alohida ajralib turuvchi mohiyat, ancha keng bo‘lgan ijtimoiy yaxlitlikning (guruhning, sinfning, millatning, insoniyatning) ayrim olingan vakili23. Individ - eng avvalo qandaydir ko‘plikni bir vakili, ko‘plarning biri. Shu ma’noda deyarli har bir odam - individ (ba’zan individium ham deyiladi va yoziladi).
Bu o‘rinda bir narsani ta’kidlash lozim: ajralib turish, alohidalik insonning spesifik xususiyati emas, obyektiv dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar u yoki bu tarzda ajralib turadi. Ammo insonga nisbatan ko‘proq boshqa bir tushuncha nisbat beriladi - «individuallik». U muayyan insonning noyobliki, betakrorligini angla­tadi. Muayyan ma’noda individuallik - individdan shaxsga olib boruvchi pog‘onadir. Inson tug‘ilishidan individ bo‘lib tug‘iladi, biroq shaxs sifatida u o‘z individualligining barcha imkoniyatlarini ochish orqaligina shakllana oladi.
Individuallik individning o‘ziga xosligini, ichki dunyosining o‘ziga xosligini aks ettiradi, bu insonga xos umumiy (universal) va ayrim (noyob, o‘ziga xos) xususiyatlarning uzviy birligidir.
Inson falsafasidagi yana bir muhim tushuncha «subyekt» tushunchasidir. Subyekt sifatida ayrim olingan individ ham va qandaydir jamoa (guruh, sosium va xatto umuman insoniyat) namoyon bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda bizni individual subyekt qiziqtiradi. Uning asosiy tavsiflari quyidagilardir: faollik, onglilik, maqsadning mavjudligi, o‘z-o‘zini anglash, xatti-harakatlar erkinligi. Subyekt sifatida inson muayyan ijtimoiy rolni o‘ynaydi. Odam subyekt bo‘lib tug‘ilmaydi, balki tarbiya jarayonida subyektga aylanadi.
Subyektivlik haqida so‘z ketganda mazkur tushunchaning ikki ma’nosi borligini esda tutish lozim. Birinchidan, u ayrim individning tanlovi sifatidagi subyektivlikni anglatadi, ikkinchidan esa ushbu individ insoniy subyektivlik doirasidan tamoyilan chiqa olmasligini bildiradi24.
Shaxs tushunchasi falsafada va umuman insonni o‘rganuvchi fanlar majmuasida eng murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng muhim biologik omili inson miyasidir. Ammo shaxs mohiyati - bu ijtimoiy xususiyatga molik hodisa. Miya esa moddiy organ bo‘lib, u orqali shaxs o‘z-o‘zini namoyon etadi.
Inson mazkur sosiumga xos bo‘lgan me’yorlar, bilimlar, qadriyatlarning muayyan tizimini o‘zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-sharoitlari shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Shaxsning shakllanishi jarayoni sosializasiya deb ataladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin