FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Q. Abdurahmonov, A. Ma'rupov, A. Saydullayev, H. Rustamov. O'zbek tili.-Toshkent: O'qituvchi, 1973.-B. 86-91.
M. Asqarova, X. Abdurahmonov. O'zbek tili grammatikasining praktikumi.-Toshkent: O'qituvchi, 1981.-B. 88-108.
R. Ikromova, A. Azimova, D.Muhammedova. O'zbek tili.- Toshkent: O'qituvchi, 1983.-B. 134-154.
R. Ikromova, K.Qosimova. O'zbek tilidan mashqlar to'plami. –Toshkent: O'qituvchi, 1988.-B. 70-84.
M. Asqarova, K.Qosimova, X.Jamolxonov. O'zbek tili.- Toshkent: O'qituvchi, 1989.-B. 117-146.
M.Usmonova, Q. Sharipov. O'zbek tili. –Toshkent: O'qituvchi, 1991.-B. 86-159.
U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek tili. -Toshkent: O'zbekiston, 1992.-B. 315-365.
A.G'ulomov, Y. Abdullayev, Z. Ma'rupov, N.Omilxonova. Ona tili. - Toshkent: O'qituvchi, 1996.-B. 162-181.
H.Ne'matov, A.G'ulomov, M.Qodirov, M. Abduraimova. Ona tili, - Toshkent: O'qituvchi, 2001.-B. 22-74.
Mavzu: FE'LNING FUNKTSIONAL FORMALARI
REJA:
Sof fe'l.
Ravishdosh.
Sifatdosh.
Harakat nomi.
Tayanch iboralar: vazifadosh (funktsional) shakllar, fe'llik va o'zlik belgilari, yasalishi, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi, zamon.
Fe'l gapda biror gap bo'lagi vazifasini bajarishga mos keladigan alohida funksional formalarga ega, funktsional forma tufayli fe'l gapda kesim, aniqlovchi va to'ldiruvchi vazifasini bajarishga muvofiqlashadi. O'zbek tilida fe'lning 4 ta funktsional formasi bor.
Sof fe'l.
Ravishdosh.
Sifatdosh.
Harakat nomi.
SOF FE'L.
Buyruq-istak, shart mayli formalari oldi, olmoqchi, olmoqda kabi zamon formalari sof fe'l deb tushuniladi. Bulardan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi funktsional forma sifatida qatnashmaydi. Sof fe'l doim tuslangan bo'ladi va gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan: Hovli olma, qo'shni ol (Maqol).
RAVISHDOSH.
Harakatning belgisini ko'rsatadigan gapda ko'pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga xos bo'lgan fe'l formasi ravishdosh deyiladi. Masalan: Yuzlaringni silab-siypalab, baxting bor deb esadi yellar (H.O.). Yoki: Zavodga ishlagani bordik. Yomg'ir tingach, ufq qizardi. Barcha fe'llar kabi ravishdosh ham o'timli, o'timsizlik, nisbat, bo'lishli, bo'lishsiz, zamon kategoriyalariga ega. Masalan: Olgach – o'timli, o'qilib – o'timsiz, o'qib – aniq nisbat, o'qilib – majh
ullik nisbat, o'qitib – orttirma nisbat, o'qigach – bo'lishli, o'qilmagach – bo'lishsiz, o'qigach – o'tgan zamon, o'qilib – hozirgi zamon, kelmaguncha – kelasi zamon.
Ravishdoshlarning zamoni shu gapdagi tuslangan fe'llar zamoniga nisbatan belgilanadi, ya'ni nisbiy bo'ladi. Ammo u bilan moslashmaydi. Tuslangan ravishdoshlarning zamoni aniq. Grammatik jihatdan ravishdoshlar ikki guruhga bo'linadi:
Tuslanadigan ravishdoshlar.
Tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlarga –b (-ib) va –a (-y) qo'shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar kiradi. Masalan: borib, ishlab, boray, ishlay kabi. Bu guruhga ravishdosh, birinchidan, barcha ravishdoshlar kabi tuslovchi olmagan holda ishlatilib, gapda hol va ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi. Shuningdek, murakkab fe'l tarkibidagi yetakchi fe'l ham ravishdosh formasida bo'ladi. O'ynab-o'ynab yuraman, erkim qo'limda (Qo'shiq). Quyosh chiqib, yerlar isiy boshladi. Bu gaplardagi o'ynab-o'ynab – hol, chiqib – ergash gapning kesimi, isib – murakkab fe'lning asosiy qismi bo'lib, yetakchi fe'ldir. Ikkinchidan – b, (-ib) bilan yasalgan ravishdoshlar, shuningdek, -y (-a) bilan yasalgan ravishdoshlarning bo'lishsiz formasi o'zlariga tobe bo'lgan so'zlar bilan tarkibli hol sifatida, ravishdosh oborot sifatida gapning ajratilgan ikkinchi darajali
27
bo'lagi (ajratilgan hol) bo'ladi. Masalan: Formani ochdi, sezilar-sezilmas titragan qo'lida tutib, ko'nikmasidan ovozini odatdagidan balandroq qo'yib, asta vazmin o'qidi. (O.). Uchinchidan, bu ravishdosh tuslanib, aniqlik maylining asosan, o'tgan yoki kelasi zamon fe'lini hosil qiladi va gapda kesim vazifasini bajaradi. Masalan: kelibman, kelibsan, o'qibdi, o'qibsiz, ko'raman, ko'rasan, ko'radi kabi.
Tuslanmaydigan ravishdoshlarga –gach, (-kach, qach), -gani (-kani, qani), - guncha (-quncha, -kuncha) qo'shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar kiradi. Masalan: o'qigach, tekkach, chiqqach, o'qigani, ekkani, tikkani, o'qiguncha, tekkuncha, chiqquncha kabilar. Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslanmaydilar. Shunga ko'ra, odatda hol, ajratilgan ikkinchi darajali bo'lak (ajratilgan hol), ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan: Yaxshiligingizni o'lguncha unutmayman (H. H.). Kutubxonaga kitob olgani bordim. Bundagi o'lguncha, olgani so'zlari hol vazifasida qo'llangan.
Dostları ilə paylaş: |