Fe'l so'z turkumi reja


Yoza boshladi, ishlay boshladi



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə12/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

Yoza boshladi, ishlay boshladi.



  1. Yot. Bu ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan (i) b ravishdosh formasi vositasida birikib, davomiylikni ifodalaydi. Masalan: Daryodan suv chiqarishga urinib yotishibdi. (P.T.)




  1. Tur. Bu ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdoshning har ikki formasida birika oladi.




  1. Ravishdoshning –(i)b qo'shimchasi bilan birikkanda, harakatning ma'lum aniq (chegaralangan) vaqt ichida davom etishini bildiradi.




  1. a, -i qo'shimchasi bilan birikkanda, harakatning vaqtincha biror boshqa harakat, hodisa yuz berguncha davom etishi ma'nosini ifodalaydi. Masalan:

1. Ko'rinib turibdi, yozib o'tiribdi.


2. Bora tur, qo'ya tur, ishlay tur, o'qiy tur kabi.


VIII. TO'LIQSIZ FE'LLAR.

To'liqsiz fe'llar ish-harakat ma'nosiga ega bo'lmay, grammatik modallik ma'nolarinigina ifodalaydi.


To'liqsiz fe'llar asli bir E (arxaik forma yer) fe'l negizining turli formalari bo'lib (edi, ekan, emish), ular hozirgi tilda ayrim-ayrim so'zlar sifatida tushuniladi. Bu so'zlar boshqa fe'l formalari bilan birgalikda fe'lning turli formalarini hosil qiladi.


Masalan: borgan edim, borib edi, borar emish, borgan emish, borgan ekan kabi.




Edi, ekan, emish so'zlari qisqa formada di, -kan, -mish kabi ham ishlatiladi. Masalan: berardi, o'qirmish, aytarkan.

To'liqsiz fe'llar tuslanadi: edim, eding, edi, edik, edingiz, edilar kabi. To'liqsiz fe'llar fe'l bo'lmagan so'zlarga ham qo'shilib, ularning kesim


vazifasini bajarayotganini ko'rsatadi. Masalan: O'ktam injener edi. Otam o'qituvchi edi.




E fe'lining esa (shart) va emas (kelasi zamon sifatdoshining bo'lishsiz) formalari ham mavjud bo'lib, ular tamomila yordamchi so'zga aylanib ketgan. Ular ish-harakat ma'nosiga ham, zamon ma'nosiga ham ega emas. Bu so'zlarning birinchisi (esa) hozir bog'lovchiga, ikkinchisi (emas) bo'lishsiz forma yasovchiga aylangan.

20


Masalan: Arava tinmay g'ijirlardi, yo'lovchilar esa so'zsiz borishardi (S.Z.). Yozgan emas, borgan emas kabi



Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin