Fe'l so'z turkumi reja


birinchi tip murakkab fe'llar



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə14/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

birinchi tip murakkab fe'llar;

  • ikkinchi tip murakkab fe'llar.

    Birinchi tip murakkab fe'llar fe'l bo'lmagan so'zlarning fe'l bilan birikishidan tuziladi. Masalan, himoya qilmoq, oh urmoq, qo'l qo'ymoq, hurmat qilmoq, qaror qil, ado et kabi. Birinchi tip murakkab fe'llarni yasashda et, ayla, qil, bo'l, ko'makchi fe'llari, shuningdek, ber, qo'y, sol, chek, sur, ur kabi fe'llar ishtirok



  • 22


    etadi. Masalan, javob ber, qo'l qo'y, yod ol, nazar sol, imzo chek, umr sur, oh ur kabilar.

    Ikkinchi tip murakkab fe'llar kamida ikki fe'lning birikish usuli bilan yasaladi. Bunda birinchi qism a, -y yoki b, -ib qo'shimchasi bilan yasalgan


    ravishdosh formasida bo'ladi, ikkinchi qism esa tuslanadi. Bunday fe'l ikki xil bo'ladi:



    1. Leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.




    1. Grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l (yoki analitik forma). Birikkan fe'llarning har biri o'z leksik ma'nosini saqlagani holda birgalikda

    bitta murakkab harakatni ifodalasa, leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l hosil bo'ladi. Masalan, olib chiq, borib kel, sotib ol, ola kel kabi.


    Birikkan fe'llarda biri o'z leksik ma'nosini ifodalagan holda, ikkinchisi grammatik ma'no ifodalasa, grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l yoki fe'lning analitik formasi hosil bo'ladi. Masalan, yozib ko'r, o'qib ber, ko'rib chiq kabi.


    Murakkab fe'lning leksik ma'nosini ko'pincha uning birinchi qismi ifodalaydi. Unda birikkan so'z esa murakkab fe'l bo'ladi. Masalan, yozib ko'r, ko'rib chiq, olib tur fe'llarida ish-harakat yozib, ko'rib, olib fe'llaridan anglashilib ko'makchi fe'llar (ko'r, chiq, tur) yetakchi fe'lning ma'nosiga qo'shimcha modal ma'no qo'shadi. Ikkinchi tip murakkab fe'l yasashda tubandagi fe'llar ko'makchi fe'l sifatida ishlatiladi.





    1. Gorizontal harakat bildiradigan kel, ket, bor, yur, o't, chiq, yubor so'zlari.

    2. Holat bildiradigan o'tir, tur, yot, qol, bo'l so'zlari.




    1. Turli ish-harakatni bildiradigan ol, bil, quy, ber, tashla, ko'r, boq, yoz, boshla so'zlari. Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'lga shunday modal ma'nolarni qo'shishi mumkin.

    a) harakatning davomli ekanligi: ayta tur kabi;


    b) harakatning endi boshlanishi: ayta boshla kabi;
    d) harakatning takrorlanib turishi: aytib yur kabi;
    ye) harakatning tugallanganligi: aytib bo'l kabi;



    1. harakatning so'zlovchidan boshqa shaxsga yoki boshqa shaxsdan so'zlovchiga yo'nalishi: olib bor, aytib ket, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber kabi;




    1. harakatning bajarilish usuli: yozib tashla, aytib yubor kabi;

    Yetakchi fe'l bilan ko'makchi fe'l bir formada bo'lsa, juft fe'l hosil bo'ladi. Bunda ham leksik ma'no salmog'i birinchi qismda bo'ladi. Masalan, aytdi-qo'ydi, o'tdi-ketdi, oldi-qoldi, bordi-keldi kabi.




    X. FE'LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI.

    23


    Fe'llar tuzilishiga ko'ra 1) sodda (bordi, o'qidi); 2) qo'shma (aytib berdi, borib keldi); 3) juft (o'tdi-ketdi, oldi-qoldi) 4) takroriy (o'qidi-o'qidi, yozdi-yozdi, yurdi-yurdi) kabi turlarga bo'linadi. Masalan, Ergash she'rni o'qidi-o'qidi, nihoyat yodlab oldi.





    Yüklə 415,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin