Bu fe'lning bo'lishsiz shakli emas so'zi yordami bilan ifodalanadi:
o'ynamoqchi emasman, o'ynamoqchi emassan.
VII. KO'MAKCHI FE'LLAR.
Ko'makchi fe'llar. Ko'makchi fe'llar harakatning turlicha xarakteristikasini ko'rsatuvchi,
shuningdek, turli modal ma'nolarni ifodalovchi formalarini yasash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi o'zbek tilida butunlay ko'makchi fe'lga aylangan (mustaqil ma'nosini yo'qotib, faqat ko'makchi fe'l sifatida qo'llaniladigan) fe'l yo'q.
Ayrim mustaqil fe'llar ko'makchi fe'l vazifasida ham qo'llaniladi va turli-tuman ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko'makchi fellar bog'lanib kelgan fe'l yetakchi fe'l deyiladi.
Masalan: o'qib berdi, borib keldi, yozib oldi – fe'llari esa ko'makchi fe'llardir.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida quyidagi fe'llar ko'makchi fe'l vazifasida ham qo'llaniladi:
Boshla, yot, tur, yur, o'tir, bo'l, ol, ber, qol, qo'y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, o'l, o't, yet, ko'r, qara, boq, yoz.
Ko'makchi fe'llarning har biri o'ziga xos ma'no va boshqa xususiyatlarga ega. Lekin ular uchun umumiy xolatlar ham bor.
Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'l bilan asosan, – (i) b yoki –a, -i ravishdosh yasovchilar yordamida birikadi. Ba'zi ko'makchi fe'llargina yetakchi fe'l bilan grammatik forma yordamisiz birikadi.
Ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdosh formasi orqali birikkanda, tuslovchi formalar ko'makchi fe'lga grammatik forma yordamisiz bir xil formada bo'ladi.
Masalan: o'qib berdim, borib keldim, yoza oldim, yoza olding, yoza oldi, yozdim–oldim, yozding-olding, yozdi-oldi kabi.
Ba'zi ko'makchi fe'llar keltirilgan misoldagi kabi yetakchi fe'lga har uch formada (ya'ni o'qib chiqdi, yoza oldi, yozdi-oldi) birikadi. Ba'zilar esa faqat ravishdosh formasi yordamida birikadi: o'qib chiqdi, yoza boshladi. Bulardagi chiq, boshla ko'makchi fe'llari yetakchi fe'l bilan o'qidi-chiqdi, yozdi-boshladi formasida birikmaydi.
19