-Na yuklamasi gapdagi uyushiq bo'laklar anglatgan ish-harakatining inkor qilish orqali bo'lishsizlik ma'nosini ifodalaydi. Masalan: na quduq, na ariq ko'rinadi. (I.R) Bo'lishsiz forma -ma qo'shimchasi orqali yasalganda na so'zi bo'lishsizlikni kuchaytiradi. Masalan: na o'qimaydi, na yozmaydi.
Joriy tilda bo'lishsizlik maxsus intonatsiya, fe'lga yuklama qo'shish bilan ham yasaladi. Fe'lni takrorlash orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: ishlaydi-ya-ishlaydi (ishlamaydi), oladi-ya-oladi (albatta, olmaydi).
FE'L ZAMONLARI.
Fe'lning muhim grammatik belgilaridan biri ish-harakatning zamonini ko'rsatishidir.
Zamon ma'nosi ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytga munosabati bilan aniqlanadi. Fe'ldagi ish-harakat nutq so'zlanib turgan paytdan oldin, nutq so'zlanib turgan paytda yoki nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga ko'ra fe'l zamonlari 3 ko'rinishga ega:
O'tgan zamon fe'llari.
Hozirgi zamon fe'llari.
Kelasi zamon fe'llari.
O'tgan zamon fe'llari ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi. O'tgan zamon fe'li ma'nosiga ko'ra 5 turga bo'linadi:
Yaqin o'tgan zamon fe'li.
Uzoq o'tgan zamon fe'li.
O'tgan zamon hikoya fe'li.
O'tgan zamon davom fe'li.
O'tgan zamon maqsad fe'li.
Yaqin o'tgan zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytidan oldin, ammo so'zlovchining ko'z oldida yoki uning faol ishtiroki bilan aniq bajarilgan, bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: yozdim, yozding, yozdi, yozdik, yozdingiz, yozdilar. Men bu kitobni kecha kutubxonadan oldim.
Yaqin o'tgan zamon fe'li ma'nosi fe'l o'zak-negiziga -di qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi.
Birlik. Ko'plik.
I shaxs bor-di-m bor-di-k
II shaxs bor-di-ng bor-di-ngiz
III shaxs bor-di bor-di-lar
Uzoq o'tgan zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan yoki bajarilmaganligini anglatadi. Masalan: Shoiraning akasi Toshkentda o'qigan. Uzoq o'tgan zamon ma'nosi sifatdosh yasovchi-gan qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi.
-
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
yoz-gan-man
|
yoz-gan-miz
|
II shaxs
|
yoz-gan-san
|
yoz-gan-siz
|
III shaxs yoz-gan
|
yoz-gan-lar
|
Uzoq o'tgan zamonning aniq eslash (yoki eslatish) va eshitganlik kabi modal ma'no ottenkalariga ega bo'lgan formalari ham bor.
Bo'lib o'tgan ish-harakatni aniq eslash (yoki eslatish) ma'nosi o'tgan zamon sifatdoshiga edi (qisqa formasi -di) to'liqsiz fe'lni tuslab biriktirish orqali ifodalanadi. Masalan: Men qachondir qishloqdagi holamnikiga borgan edim.
Bo'lib o'tgan ish-harakatni kutilmaganda eslash (eslatish) yoki bu haqda boshqa shaxsning fikriga qo'shilish ma'nosi o'tgan zamon sifatdoshiga ekan (qisqa formasi -kan) to'liqsiz fe'lni tuslab biriktirish orqali ifodalanadi. Masalan: Men bu romanni o'qigan ekanman.
Bo'lib o'tgan ish-harakatni so'zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi (shuning uchun gumonsirash, kesatish) ma'nosi o'tgan zamon sifatdoshiga emish (qisqa formasi-mish) to'liqsiz fe'lning tuslab biriktirish bilan ifodalaydi.
Shuning uchun unda voqeaning odatdan tashqari yuz berganlik ottenkasi bo'ladi. Masalan: Qaytib kelgunimizcha yana bir qarich qor tushibdi.
O'tgan zamon hikoya fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari qisqa vaqt ichida, kutilmaganda bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni hikoya qilish, eslash orqali ifodalaydi: Demak, Yo'ldosh aka uni tag'in eslabdi (H.G').
O'tgan zamon hikoya fe'li -b (-ib) qo'shimchali ravishdoshlarni qo'shish va tuslash, shuningdek, ularga edi to'liqsiz fe'lini biriktirish va tuslash bilan hosil qilinadi.
-
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
o'qi-b-man
|
o'qi-b-miz
|
II shaxs
|
o'qi-b-san
|
o'qi-b-siz
|
III shaxs o'qi-b-di
|
o'qi-b-lar
|
Yoki
|
|
|
I shaxs
|
yozib edim
|
yozib edik
|
II shaxs
|
yozib eding
|
yozib edingiz
|
III shaxs yozib edi
|
yozib edilar.
|
Dostları ilə paylaş: |