Fe'l so'z turkumi reja


gaz, -g'az, -kiz, -giz, -qiz



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə6/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

gaz, -g'az, -kiz, -giz, -qiz qo'shimchalarini qo'shish bilan: o'tkaz, yetkaz, o'tkiz, yutqiz, yurgiz, yutqaz kabi;



  1. -sat (-sa]t) qo'shimchasini qo'shish bilan: ko'rsat kabi;




  1. -iz, -az. Bu qo'shimcha ham asli -ir, -ar qo'shimchalarining fonetik varianti bo'lib, undosh bilan tugagan fe'l asosida qo'shiladi: og'iz, tegiz, tomiz kabi;




  1. -tir, -t qo'shimchalari parallel holda ham qo'llanadi: o'zgartir, o'zgart

kabi;



  1. fe'l asosida orttirma nisbat yasovchi qo'shimchalar ketma-ket qo'shilishi mumkin: yoz-yozdir-yozdirtir, ich-ichir-ichirtir kabi;




  1. bir fe'l negizida turli nisbat qo'shimchalari qo'shilib kelishi mumkin: sev-sevin-sevintir, kel-keltir-kelishtir, yoz-yozdir-yozdiril (di) kabi. Bunday yasalishda fe'lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi qo'shimchaga qarab belgilanadi.



IV. BO'LISHLI VA BO'LISHSIZ FE'LLAR.

Fe'llar ish-harakatning bajarilishi haqida tasdiq yoki inkorni bildirishiga ko'ra bo'lishli va bo'lishsiz bo'ladi.


Ish-harakatning bajarilishi haqida tasdiqni ifodalovchi fe'llar bo'lishli fe'l deyiladi. Bo'lishlilik ma'nosini ifodalaydigan maxsus grammatik ko'rsatkichlar yo'q, fe'lning bo'lishsiz ko'rsatkichi qatnashmagan shakli bo'lishli fe'l sanaladi: ol, o'qi, yozgan, borguncha, ishlay, aytsa, ko'rib chiqqan, javob ber kabi.


Ish - harakatning bajarilishi haqidagi inkorni bildiruvchi (bajarilmasligini ifodalovchi) fe'llar bo'lishsiz fe'l deyiladi. Masalan: gapirmadim, ko'rma, ko'rgan emas, ko'rgani yo'q.


O'zbek tilida bo'lishsiz fe'llar quyidagicha yasaladi:



7


  1. -ma qo'shimchasi bilan. Bunda -ma qo'shimchasi fe'lning leksik ma'no ifodalovchi qismiga qo'shiladi: o'qima, o'qimagan, aytmasa, ko'rib chiqma. Birdan ortiq fe'llardan tuzilgan murakkab fe'llarda -ma qo'shimchasi odatda so'nggi komponenti - ko'makchi fe'llarga qo'shiladi. Masalan: ko'rib chiqma, olib kelma, o'qib ko'rma, olib qola ko'rma. Murakkab fe'lning har ikki komponentiga - ma qo'shimchasi qo'shilsa, fe'l bo'lishli fe'lga aylanadi. Masalan: o'qimay qo'ymadi - o'qiydi, aytmay qo'ymaydi-aytadi, bormay qo'ymaydi-boradi kabilar.



Eslatma: -ma qo'shimchasi -moq, -sh (-ish) bilan yasalgan harakat nomlari, -gani (-kani, -qani) bilan yasalgan maqsad ravishdoshi, -mish bilan yasalgan sifatdoshga qo'shilmaydi. Masalan: Bobom shu kuni yuz yoshga tolmishdi.



  1. Sifatdosh, ravishdoshning bo'lishsiz formasi emas so'zi bilan ham yasalishi mumkin. Bunday holatda ish-harakatning bajarilishi inkor qilinadi. Masalan: borgan emas, boradigan emas, borguncha emas, borib emas.




  1. Yo'q so'zi bilan ish-harakatning mavjud emasligini bildirish orqali sifatdoshning bo'lishsiz formasi yasaladi. Masalan: ko'rgani yo'q, borgani yo'q.





  1. Yüklə 415,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin