3. MAJHULLIK NISBATI.
Majhullik nisbatida harakat to'ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilib egaga o'tadi yoki haqiqiy bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Masalan, Nazira yuvindi (bajaruvchisini topish mumkin). Shartnoma imzolandi (bajaruvchi noma'lum). Kesimi majhullik nisbatidagi fe'l bilan ifodalangan gap qurilishi passiv konstruksiya deyiladi. Aniq nisbat formasidagi gap esa faol konstruksiya deyiladi.
Majhullik nisbati quyidagicha yasaladi:
fe'l negiziga unlidan so'ng –l, undoshdan so'ng –il qo'shimchasini qo'shish bilan: surka-l (di), ber-ildi kabi;
fe'l negiziga unlidan so'ng –n, undoshdan so'ng –in qo'shimchasini
qo'shish bilan: ula-n (di), ol-in (di) kabi.
Majhullik nisbati ko'proq -l (-il) qo'shimchasi bilan yasaladi, ham o'zlik nisbati, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin bo'lganda -l (-il), majhullik -n (-in) qo'shimchasi o'zlik nisbati yasaydi. Taran (o'zlik), taral (majhullik), tepin (o'zlik), tepil (majhullik) kabi.
Gapning mazmunidan (ayniqsa, fe'lning qanday ega bilan birikishidan) bilish mumkin. Masalan: Ot qoqildi, turg'un qoqildi gaplarida fe'l o'zlik nisbatida (harakatning bajaruvchisi – ot, Turg'un). Mix qoqildi. Qoziq qoqildi gaplarida esa fe'l majhullik nisbatida, harakatning bajaruvchisi noma'lum.
Majhullik nisbati yasalalganda, majhullik nisbati qo'shimchasidan oldin orttirma nisbat qo'shimchasi kela olishidan, ammo o'zlik nisbati yasalganda, orttirma nisbat qo'shimchasi shu o'rinda kela olmasligidan bilish mumkin: mix qoq-tir-ildi kabi shakllanish faqat majhullik nisbatiga xosdir.
4. BIRGALIK NISBATI.
Birgalik nisbatida harakat bir necha shaxs (sub'yekt) tomonidan birgalikda bajariladi. O'quvchilar maktabga kelishdi. Bu gapda o'quvchilar ish-harakatni birgalikda bajarganligi anglashilyapti.
Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi:
unli tovushdan so'ng -sh, undosh tovushdan so'ng -ish qo'shimchasini qo'shish bilan: so'zla - sh (di), ishla -sh (di), bor -ish (di), yoz -ish (di) kabi.
Dostları ilə paylaş: |