Fe'l so'z turkumi reja



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə5/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

- lash (-la]sh) qo'shimchasi birgalik nisbatidagi fe'l yasaydi: bahs -lash (di), gap -lash (di) kabi.

Birgalik nisbatidagi fe'llar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:


1. Birgalik nisbati harakatni bajarishda sub'yektlarning faol ishtirok etishini ifodalaydi. Ular bir-birlariga ta'sir qilmaydi. Bunday gaplarda sub'yektlar va ayrim ega bilan, yoki ko'plik formadagi ega bilan ifodalanadi. Masalan: O'quvchilar sayohatga chiqishdi. Nilufar bilan Shoira qorbobo yasashdi.


2. Harakatni sub'yektlar o'zaro birgalikda bajarishini ifodalaydi. Bunday o'zaro birgalik ma'nosi o'zlik nisbati ottenkasiga ham ega bo'ladi. Chunki bajaruvchilarning harakati o'zaro bir-birlariga o'tadi, ta'sir qiladi. Bunda sub'yektlar (harakatni bajaruvchilar) tubandagicha ifodalanadi:





  1. ko'plik formadagi olmosh yoki ot bilan: Bugun yangi asar xususida bahslashdik. Bu gapning egasi - biz olmoshi bo'lib, u tushib qolgan;




  1. miqdor anglatuvchi aniqlovchisi bo'lgan ot ega bilan: ikki do'st o'qishda tanishgan edi.

3. Bir sub'yektning boshqa sub'yekt ishiga aralashishi, yordamlashishi ifodalanadi. Bunda asosiy bajaruvchi (sub'yekt) vositali to'ldiruvchi orqali ifodalanib, ikkinchi darajali sub'yekt esa ega orqali ifodalanadi. Masalan: Feruza Kamolaga paxta terishdi. Bunda harakat asosan, Kamola tomonidan bajarilib (Kamolaga-to'ldiruvchi) Feruza unga yordam beradi.





  1. Sub'yektning ob'yekt (to'ldiruvchi ifodalagan shaxs) bilan bir ishni bajarganligi ifodalanadi. Nigora Nargiza bilan uzoq suhbatlashdi. Bunda asosiy bajaruvchi ega. Ikkinchi darajali bajaruvchi esa, vositali to'ldiruvchi bo'lib keladi.




    1. ORTTIRMA NISBAT.

Orttirma nisbatda, birinchidan, sub'yekt o'z harakatini boshqa bir sub'yektning ta'siri, tazyiqi natijasida bajarilishini ifodalaydi. Bunday holda ikkita sub'yekt bo'lib, asosiy sub'yekt vositali to'ldiruvchi, ikkinchi darajali sub'yekt esa ega sifatida qo'llangan bo'ladi. Masalan: Zulfiya ko'ylagini chevarga tikdirdi. Bunda asosiy sub'yekt, ya'ni harakatni bajaruvchi shaxs (chevar) to'ldiruvchi, ikkinchi darajali shaxs (Zulfiya) ega vazifasida qo'llanilgan ikkinchi darajali sub'yektning harakati ancha umumiy, mavhum bo'ladi. Masalan: O'qituvchi bizga yangi kitoblar ko'rsatdi. Ko'rish harakati bunda to'ldiruvchi (biz) tomonidan bajarilgan bo'lib, ega (o'qituvchi) ko'rish harakatining bajarilishida ta'sir qiluvchi vositadir. Ikkinchi holatda esa, faqat bir sub'yekt mavjud bo'lib, uning harakati



6

ob'yektga o'tadi: U kitob keltirdi kabi. Orttirma nisbat fe'l negizlariga quyidagi qo'shimchalarni qo'shish bilan yasaladi:



  1. oxiriga unli yoki y, r undoshlari bo'lgan negizlarga -t qo'shimchasini qo'shish bilan. Masalan: uxla-t, qisqar-t, ko'pay-t kabi;




  1. oxirida jarangsiz undosh bo'lgan bo'g'inli negizlarga, shuningdek, ko'p bo'g'inli negizlarga -tir qo'shimchasini qo'shish bilan: toptir, ayttir, undir kabi;




  1. oxirida sh, ch, t undoshlari bo'lgan negizlarga -ir qo'shimchasini qo'shish bilan: ichir, tushir, qaytar kabi;




  1. oxirida undosh tovush bo'lgan ba'zi bir bo'g'inda negizlarga -ar qo'shimchasini qo'shish bilan: chiqar, qaytar kabi;




  1. oxirida k, m undoshlari bo'lgan ba'zi negizlarga -iz qo'shimchasini qo'shish bilan: oqiz, tomiz kabi;

g) oxirida undosh tovush bo'lgan ba'zi bir negizlarga -kaz, -qaz, -





Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin