Eslatma: III shaxsdagi -di qo'shimchasi yaqin o'tgan zamon fe'lidagi -di bilan shakllangan bo'lib, ularning tarixi ham ma'nosi va vazifalari ham boshqa-boshqadir.
Ol-di formasidagi -di (-dik, -duk) qo'shimchasidan tuzilgan, ammo ol-ib-di formasidagi -di esa -dir qo'shimchasining qisqargan shakli bo'lib, bu qo'shimcha turur (durur) so'zidan kelib chiqqan.
O'tgan zamon davom fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari davomli bo'lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni ifodalaydi: Quyosh g'uborsiz porlar edi. (O.)
O'tgan zamon davom fe'li ikki xil bo'ladi.
Doimiy harakat yoki holatni bildiruvchi o'tgan zamon davom fe'li. U ma'lum vaqt tushunchasi bilan chegaralanmagan davomiylikni ifodalaydi. Masalan: Nigora tinimsiz kitob o'qir edi. Fe'lning bu formasi -r (-ar) qo'shimchasi bilan yasalgan kelasi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan yasaladi.
Birlik.
I shaxs yoz-ar edim
shaxs yoz-ar eding III shaxs yoz-ar edi
Ko'plik.
yoz-ar edik
yoz-ar edingiz
yoz-ar edi (lar)
Aniq jarayonni bildiruvchi o'tgan zamon davom fe'li o'tgan zamondagi ma'lum bir vaqtida yoki ikkinchi bir ish-harakat paytida yuz berib turgan ish-
harakatni, aniq jarayonni ifodalaydi. Sen u payt uxlayotgan eding. Ish kundan-kunga avjiga chiqmoqda edi. Fe'lning bu formasi quyidagicha yasaladi:
-yotgan qo'shimchasi yordamida yasalgan hozirgi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan.
Birlik. Ko'plik.
I shaxs yoz-a-yotgan edim yoz-a-yotgan edik
II shaxs yoz-a-yotgan eding yoz-a-yotgan edingiz
III shax yoz-a-yotgan edi yoz-a-yotgan edi (lar)
b) -moqda qo'shimchasiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan
Birlik. Ko'plik.
I shaxs o'qi-moqda edim o'qi-moqda edik
II shaxs o'qi-moqda eding o'qi-moqda edingiz
III shaxs o'qi-moqda edi o'qi-moqda edi (lar)
O'tgan zamon maqsad fe'li. Nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo'lmagan ish-harakatni ifodalaydi: Kitobni kutubxonadan olmoqchi edim. Shuning uchun kutubxonaga boradigan edim.
O'tgan zamon maqsad ma'nosi quyidagicha ifodalanadi:
a) –moqchi qo'shimchasiga –edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan:
-
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
bor-moqchi edim
|
bor-moqchi edik
|
II shaxs
|
bor-moqchi eding
|
bor-moqchi edingiz
|
III shaxs
|
bor-moqchi edi
|
bor-moqchi edi (lar)
|
–digan qo'shimchasi yordamida yasalgan kelasi zamon sifatdoshiga – edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish bilan:
-
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
yoz–a–digan edim
|
yoz–a–digan edik
|
II shaxs
|
yoz–a–digan eding
|
yoz–a–digan edingiz
|
III shaxs
|
yoz–a–digan edi
|
yoz–a–digan edi (lar)
|
Dostları ilə paylaş: |