Fe'l so'z turkumi reja



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə9/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

II. HOZIRGI ZAMON FE'LI.

11


Hozirgi zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda bajarilayotgan yoki bajarilmayotganligini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe'li ma'nosiga ko'ra ikki turga bo'linadi:



  1. Hozirgi-kelasi zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytda va indan keyin sodir bo'ladigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Hozirgi – kelasi zamon fe'li negiziga a (-y) ravishdosh yasovchi qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi. Masalan, yozaman, yozasan, yozadi, o'qiydi, o'qiyman, o'qiysan. Men maktabda mehr bilan ilm olaman.

Tuslanishi quyidagicha bo'ladi:






Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

bor–a–man

bor–a–miz

II shaxs

bor–a–san

bor–a–siz

III shaxs

bor–a–di

bor–a–di (lar)




Birlik.

Ko'plik.

I shaxs.

ishla–y–man

ishla–y–miz

II shaxs.

ishla–y–san

ishla–y–siz

III shaxs.

ishla–y–di

ishla–y–di (lar)

Bugun qarindoshlar biznikiga keladi. Bunda ish-harakat nutq so'zlangan paytdan keyin bajariladi. Xalq nima qilmasin, to'g'ri qiladi. Bunda doimiy harakat ifodalangan.





  1. Hozirgi zamon davom fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda aniq davom etib turganini ifodalaydi. Bu harakat nutq so'zlanib turgan paytdan oldin boshlangan bo'lishi, nutq bilan bir vaqtda yuz berishi mumkin. Masalan, injinerlar mukammal terim mashinasini yaratish uchun qattiq ishlayapti (O.). Erta bahor, daraxtlar kurtak chiqarmoqda (J.Sharipov).

Hozirgi zamon davom fe'li quyidagicha ifodalanadi:


a) Hozirgi-kelasi zamon ravishdoshiga yap qo'shimchasini qo'shish


bilan:






Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

yoz–a–yap–man

yoz–a–yap–miz

II shaxs

yoz–a–yap–san

yoz–a–yap–siz

III shaxs

yoz–a–yap–ti

yoz–a–yap–ti (lar)



Eslatma:



  1. yap qo'shimchasi oldidan keluvchi a (-y) ravishdosh yasovchisini yozmaslik rasm bo'layotir;

12


  1. III shaxs qo'shimchasi di o'zidan oldingi jarangsiz -p tovushining ta'siri bilan jarangsizlanib ti shaklida talaffuz qilinadi va shunday qilinadi: o'qiyapti kabi.

b) –moqda qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan:






Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

o'qi–moqda–man

o'qi–moqda–miz

II shaxs

o'qi–moqda–san

o'qi–moqda–siz

III shaxs

o'qi–moqda

o'qi–moqda (lar)




  1. Hozirgi zamon ravishdoshiga yotib, -yotir qo'shimchalarini qo'shish va tuslash bilan:







Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

bor–a–yotib–man

bor–a–yotib–miz

II shaxs

bor–a–yotib–san bor–a–yotib–siz

III shaxs

bor–a–yotib–di

bor–a–yotib–di (lar)




Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

o'qi–yotir–man

o'qi–yotir–miz

II shaxs

o'qi–yotir–san

o'qi–yotir–siz

III shaxs

o'qi–yotir

o'qi–yotir (lar)

Bu forma hozirgi adabiy tilda kam ishlatiladi. Shuningdek, yot, tur, yur, o'tir ko'makchi fe'llari yordamida ham hozirgi zamon davom fe'li ma'nosi ifodalanadi. Masalan, o'qib yotibman, o'qib turibman, o'qib o'tiribman, o'qib yuribman kabi.





  1. KELASI ZAMON FE'LI.

Kelasi zamon fe'li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon fe'li ma'nosiga ko'ra ikki turli bo'ladi:





  1. Kelasi zamon gumon fe'li.

  2. Kelasi zamon maqsad fe'li.

1. Kelasi zamon gumon fe'lir (-ar) qo'shimchasi qo'shib yasalgan sifatdoshni tuslash bilan ifodalanadi: o'qirman, ishlarman, kelarman kabi. masalan:




Shikoyatim, dardim, arzimni,
Qulog'ingga so'zlarman mayin.
(H. Olimjon)

13





Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

yoz–ar–man

yoz–ar–miz




ishla–r–man

ishla–r–miz

II shaxs

yoz–ar–san

yoz–ar–siz




ishla–r–san

ishla–r–siz

III shaxs

yoz–ar

yoz–ar (lar)




ishla–r

ishla–r (lar)



Eslatma: kelasi zamon gumon fe'lining arxaik formasi ol-ur-man shaklida yasaladi. Bu shakl hozir qat'iylik ma'nosini ifodalash uchun ishlatiladi.



  1. Kelasi zamon maqsad fe'li nutq so'zlangan paytdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi va u asosan, -moqchi, -digan qo'shimchalarni olgan fe'l formasini tuslash orqali yasaladi: Men yozgi ta'tilda

Toshkentga bormoqchiman.

Kelasi zamon fe'li nutqda ikki xil ifodalanadi:


a) –moqchi qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan






Birlik.

Ko'plik.

I shaxs

o'qi–moqchi–man

o'qi–moqchi–miz

II shaxs

o'qi–moqchi–san

o'qi–moqchi–siz

III shaxs

o'qi–moqchi

o'qi–moqchi (lar)




  1. Hozirgi zamon ravishdoshiga digan qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan:

Birlik.

I shaxs bor–a–digan–man



  1. shaxs bor–a–digan–san III shaxs bor–a–digan

Birlik.

I shaxsishla–y–digan–man

II shaxs ishla–y–digan–san III shaxs ishla–y–digan


Ko'plik.



bor–a–digan–miz
bor–a–digan–siz
bor–a–digan (lar)

Ko'plik.



ishla–y–digan–miz
ishla–y–digan–siz
ishla–y–digan (lar)

Kelasi zamon maqchad fe'li moqchi qo'shimchasi bilan yasalganda mo'ljal, istak ottenkalari kuchliroq bo'lsa digan qo'shimchasi bilan yasalganda zarurlik, qat'iylik ottenkasi kuchli bo'ladi. Bu kabi ma'nolar harakat nomiga kerak, zarur, lozim, darkor so'zlarini biriktirish bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: olishim kerak, o'qishim zarur, borishim darkor kabi.


Kelasi zamon fe'li ba'zan jak, -ajak qo'shimchasi bilan ham yasaladi. Ammo bu forma hozirgi adabiy til uchun harakterli emas. Masalan: kelajak, yozajakman, bo'lajak kabi.



14




FE'L VA UNING MODAL SHAKLLARI.

Fe'ldan anglashilgan ish-harakatning ob'yektiv borliqqa munosabatini, qay yo'sinda (kuchli, kuchsiz, davomli, takrorlanib, birdan) bajarilishi kabi modal munosabatni ifodalovchi formalar fe'lning modal formalari deyiladi.


Modal ma'nolar maxsus qo'shimchalar, mayl formalari, ko'makchi va to'liqsiz fe'llar orqali ifodalanadi.


I. Fe'lning modal forma yasovchi qo'shimchalari ikki xil ma'noga ega:


1) Fe'l negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan harakatning kuchli va

davomli bo'lishini ifodalaydi. Bular: -kila, -gila, -qila, -la, -ala, -ka, -ga, - qa, -ra kabilar.


Masalan: tepkila, titkila, yugurgila, ezg'ila, qaytala, cho'zg'ila, quvla, savala, ishqala, qashla, quvala, surka, surga, chayqa, gangira kabilar.





  1. Fe'l negiziga qo'shilib, harakatning kuchsizligini, to'la bajarilmasligini ifodalaydi. Bular: -inqira, -nqira, -msira, -imsira, -qilla kabilar. Masalan: oqarinqira, to'xtanqira, yig'lamsira, kulimsira, chopqilla kabilar.



VI. FE'L MAYLLARI.

Ish-harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi kategoriya mayl deyiladi.


Mayl fe'ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya'ni real voqelikka, sharoitga bog'liqligini ifodalaydi. Masalan: yozdim, borganman, fe'llari ish-harakatni aniq bajarilganligini, yozsang, borsangiz - ish-harakatning bajarilishi haqida shart, istak, maslahatni, yoz, borsin esa ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruqni anglatadi.


Mayl kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog'lanadi. Bu uch hodisa fe'lning gapda kesim vazifasini bajarishidan predikativlik funktsiyasidan kelib chiqadi.


O'zbek tilida asosan, 4 ta mayl bor.



  1. Aniqlik (ijro) mayli.

  2. Buyruq-istak mayli.

  3. Shart mayli.

  4. Maqsad mayli.




    1. ANIQLIK (IJRO) MAYLI.

15
Ish-harakatning uch zamondan birida haqiqatdan ham bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalagan fe'l aniqlik maylidagi fe'l deyiladi. Masalan: keldim, kelmadim, kelganman, kelmaganman, kelyapman, kelmoqdaman kelayotirman, kelmoqchiman kabi. Aniqlik mayli fe'l zamonlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, asosan, darak gapning kesimi vazifasida qo'llaniladi.


Aniqlik mayli fe'lning ravishdosh, sifatdosh formalarini, ba'zan sof fe'llarni tuslash bilan ifodalanadi.


Masalan: o'qibman, bormabsan, o'qimabsan, yozadiganman, o'qiyman, o'qiydiganman kabi.





  1. BUYRUQ-ISTAK MAYLI.

Ish-harakatning bajarish – bajarmaslik haqida buyurish, istash, so'rash, maslahat, iltimos, chaqiriq, da'vat, undash kabi ma'nolarni ifodalaydi.


Buyruq - istak maylining da'vat ma'nolarini II va III shaxslari buyruq, maslahat, o'rni bilan iltimos kabi ma'nolarni ifodalaydi. Binobarin, so'zlovchi (I shaxs) o'ziga-o'zi buyura olmaydi. U bevosita II shaxsga buyuradi (bor, o'qi, kel, yur) III shaxsga esa II shaxs orqali buyuradi (borsin, o'qisin, ishlasin) II shaxsda buyruq o'rniga iltimos ifodalanganda gin orqali (arxaik) formasi gil qo'shimcha qo'shiladi.


Masalan: o'qigin, ishlagin kabi.


Yoki: Kechir meni, nozli malagim,

Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin