Seni maqtay olmasim tayin.
Senga shuncha chiroy bergan kim?
Aytib bergin, uni maqtayin. (H.O.).
Buyruq - istak mayli asosan, kelasi zamonga oid ish-harakat tushunchasini anglatadi.
SHART MAYLI.
Bu mayl biror bir ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo'lgan ish-harakatni ifodalaydi. Shuningdek, ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqidagi istak, maslahat, xohish ma'nolarini ifodalaydi.
Shart mayli – sa qo'shimchasi bilan yasalib, asosan, ikki zamon formasiga ega:
Kelasi zamon shart – istak fe'li.
O'tgan kelasi zamon shart fe'li.
Kelasi zamon shart-istak fe'li asosan, nutq so'zlanib turgan paytdan keyin bajarilishi shart qilib qo'yilgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda shart fe'li
ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Masalan: Ekin yaxshi parvarish
qilinsa, hosil mo'l bo'ladi. Yoki: Bahor kelsa, atrof ko'rkam bo'ladi.
Kelasi zamon shart-istak ma'nosi –sa qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan ifodalanadi.
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
bor–sa–m
|
bor–sa–k
|
II shaxs
|
bor–sa–ng
|
bor–sa–ngiz
|
III shaxs
|
bor–sa
|
bor–sa–lar
|
Yoki:
|
|
|
|
Birlik.
|
Ko'plik.
|
I shaxs
|
ishla–sa–m
|
ishla–sa–k
|
II shaxs
|
ishla–sa–ng
|
ishla–sa–ngiz
|
III shaxs
|
ishla–sa
|
ishla–sa–lar
|
Kelasi zamon shart-istak fe'li sodda gapning kesimi vazifasida ishlatilganda istak, iltimos, maslahat kabi ma'nolarni ifodalaydi: Suvlar oqsa.
Shaboda essa.
Kelasi zamon shart-istak fe'li kerak, bo'lmoq kabi modal ma'noli so'zlar bilan qo'llanilganda gumon, taxmin, noaniqlik ma'nolarini anglatadi. Masalan: borsam kerak, gapirsa bo'ladi, o'qisam kerak kabi.
Yoki: Ertaga yomg'ir yog'sa kerak.
O'tgan kelasi zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari bajarilishi istalgan yoki shart bo'lgan ish-harakatni anglatadi. Bu forma –sa qo'shimchasini qo'shish va tuslash, so'ngra edi to'liqsiz fe'lini keltirish bilan yasaladi:
Birlik. Ko'plik.
I shaxs o'qi–sa–m edi o'qi–sa–k edi
II shaxs o'qi–sa–ng edi o'qi–sa–ngiz edi
III shaxs o'qi–sa edi o'qi–sa–lar edi
O'tgan – kelasi zamon shart fe'li sodda gapning kesimi vazifasida qo'llanilganda, kelasi zamon istak ma'nosini ifodalaydi.
Masalan: O'zing haqingda aytilgan gaplarni eshitsang edi.
Bu fe'l ergash gapning kesimi bo'lib kelganda, o'tgan zamon shart ma'nosini ifodalaydi. Masalan: O'sha aytilgan ishni qilsang edi, bu mashmashalar bo'lmas edi.
Maqsad mayli. Maqsad maylidagi fe'llar ish-harakatni bajaruvchi shaxsning maqsadi, mo'ljali, niyyatini bildiradi: Ilyos o'zi chizgan rasmini o'qituvchisiga ko'rsatmoqchi bo'lib kutib turgan ekan.
Maqsad maylidagi fe'llar bo'l, edi yordamchi fe'llar bilan qo'llanganda maqsad ma'nosiga zamon ma'nosi qo'shiladi, ya'ni ular o'tgan, hozirgi va kelasi zamonni ham ko'rsatadi.
O'tgan zamon. O'tgan zamon bo'lmoq ko'makchi fe'li yoki edi to'liqsiz fe'li bilan ifodalanadi, tuslovchi qo'shimchalarni bo'ldi, edi so'zlari oladi. Masalan:
Bo'ldi ko'makchi fe'li bilan:
Men so'ramoqchi bo'ldim.
Sen so'ramoqchi bo'lding
U so'ramoqchi bo'ldi.
Edi to'liqsiz fe'li bilan:
Men aytmoqchi edim.
Sen aytmoqchi eding
U aytmoqchi edi.
Biz so'ramoqchi bo'ldik.
Siz so'ramoqchi bo'ldingiz
Ular so'ramoqchi bo'ldilar
Biz aytmoqchi edik.
Siz aytmoqchi edingiz.
Ular aytmoqchi edilar.
Nutqda emas to'liqsiz fe'li qisqarib – mas shaklida ham qo'llanadi. Bunday holda maqsad maylidagi fe'lga qo'shilib yoziladi: kelmoqchi emasman
– kelmoqchimasman, kelmoqchi emassan – kelmoqchimassan, kelmoqchi emas – kelmoqchimas.
Hozirgi zamon. Hozirgi zamon ma'nosi bo'lmoq ko'makchi fe'liga –yap, moqda, yoki –(a) yotir qo'shimchasini qo'shish bilan ifodalanadi. Shaxs – son qo'shimchalari bo'l fe'liga qo'shiladi.
Birlik. Ko'plik.
Men ko'rmoqchi bo'lyapman Biz ko'rmoqchi bo'lyapmiz
Sen ko'rmoqchi bo'lyapsan Siz ko'rmoqchi bo'lyapsiz
U ko'rmoqchi bo'lyapti Ular ko'rmoqchi bo'lyaptilar
Maqsad maylidagi fe'l zamon ma'nosini ifodalovchi biror vosita bilan qo'llanmaganda, u bildirgan maqsad, niyyat hozirgi vaqtga oid bo'ladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |