-a (-y) qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh ko'pincha takrorlangan holda ishlatiladi. O'qiy-o'qiy, yura-yura, ishlay-ishlay kabi. takrorlangan ravishdosh harakatning davomiyligini anglatadi.
Kelasi zamon ravishdoshi.
-gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) qo'shimchalari bilan yasaladi.
Fe'l negiziga -gani (-kani, -qani) qo'shimchalarini qo'shish bilan shaxsli fe'l ifodalangan harakatdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatga aytiladi. Masalan: ek-ekkani, bor-borgani, chiq-chiqqani kabi. Bu ravishdoshning bo'lishsiz formasi yo'q. Eski stilda – gali (-kali) qo'shimchasi bilan ham yasaladi. Masalan: Ko'rgali keldingmi yor, kuydirgali keldingmi yor (qo'shiqdan). Ko'rgali husningni zoriu, mubtalo bo'ldim senga (A.R.).
Fe'l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) qo'shimchalarini qo'shish bilan ko'pincha shaxsli fel ifodalangan harakatning davom qilish vaqtining o'lchovi bo'lgan harakat anglatiladi. Masalan: U bu kunlarga yetib kelguncha, tinib-tinchimadi (I.R). Bo'lishsizlik formasi asosiy harakatning bajarilishi uchun shart bo'lgan harakatni anglatadi. Keksalar kelguncha, majlisni boshlaymiz.
- guncha (-kuncha, -quncha) qo'shimchasi aslida –nuvcha (-gan) va
–cha qo'shimchalaridan tuzilgan bo'lib, ba'zan ana shu ikki morfema orasida
egalik qo'shimchasi kelishi ham mumkin. Masalan: kelgunimizcha, kelguningcha, kelgunicha kabi.
SIFATDOSH.
Sifatdosh asosan, predmetning belgisi bo'lgan harakatni anglatadigan, gapda sifatlovchi vazifasini bajarishga mos bo'lgan fe'l formasidir. Masalan: Dalada ochilgan paxtalar ko'zni qamashtiradi. Bu sifatlovchi bo'lgan harakatni anglatadi. Sifatdosh barcha fe'llar singari, o'timli-o'timsizlik, nisbat, bo'lishli, bo'lishsizlik va zamon kategoriyalariga ega. Masalan: O'qigan (nimani?) kitobni – o'timli, qo'rqqan (nima qilgan?) o'timsiz.
Dostları ilə paylaş: |