O'qigan – aniq nisbat, o'qilgan – majhullik nisbat, o'qitgan – orttirma nisbat, o'qigan -bo'lishli, o'qimagan– bo'lishsiz. O'qigan – o'tgan zamon, o'qiyotgan – hozirgi zamon, o'qimaydigan – kelasi zamon kabi.
Sifatdosh o'ziga tobe bo'lgan so'zlar (to'ldiruvchi, hol) hisobiga kengayib, sifatdosh oboroti hosil qilgan holda sostavli sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Uzoq Sharqdan kelgan mehmonlar O'zbekiston boyliklari qarshisida hayratdan yoqa ushladilar.
Sifatdoshga tuslovchi qo'shimchani qo'shish bilan aniqlik maylining birorta zamoniga xos bo'lgan fe'l hosil qilinadi. Tuslangan sifatdosh gapning kesimi bo'lib keladi. Masalan: Men o'qiganman, bugun mashg'ulotga borasan kabi. Sifatdosh odatda tuslanmaydi, sifatdoshga odatdagi hollarda kelishik qo'shimchalarini qo'shish mumkin:
Otlashganda: O'qiganga hamma havas bilan qaraydi. Bu gapda kishiga so'zi tushib qolganligi uchun sifatdosh otlashadi va kelishik qo'shimchasini oladi.
Otlashgan hollarda o'rin kelishigining qo'shimchasini olishi mumkin. Bunda u asosan, ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi. Masalan: Oq oltin ochilganda, hamma yoq ravshan bo'lur. Sifatlovchi va kesim vazifasidagi sifatdosh zamonni aniq ifodalaydi. Sifatdoshning zamoni agar u sifatlovchi vazifasida bo'lsa, shaxsli fe'lning zamoni bilan moslashishi shart emas. Masalan: Biz toshlar orasidan sharqirab chiqayotgan suvni tomosha qildik. Bunda shaxsli fe'l (kesim) o'tgan zamonni ifodalasa, sifatdosh (oqayotgan) hozirgi zamonni ifodalaydi. Sifatdoshlar zamon ma'nosiga ko'ra 3 turga bo'linadi:
O'tgan zamon sifatdoshi.
Hozirgi zamon sifatdoshi.
Kelasi zamon sifatdoshi.
O'tgan zamon sifatdoshi.
O'tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so'zlagan vaqtdan ilgari bo'lgan harakat belgisini anglatadi. O'tgan zamon sifatdoshi fe'l negiziga –gan (-kan, -qan) qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: O'qigan, ekkan, chiqqan kabi. O'tgan zamon sifatdoshining ba'zi turlari sifatdoshdan hosil qilinadi. Masalan: o'qiganman, borgan edim kabi. Eski adabiy tilda o'tgan zamon sfatdoshi –mish, -dik qo'shimchalari bilan ham yasalgan. Bu qo'shimchalar hozir ham uchraydi. Masalan: Bobom shu kuni yuz yoshga to'lmish (G'.G'.), E yorim, sevgilim obod ro'zg'orim (E. J.).
Hozirgi zamon sifatdoshi.
Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan va –vchi (-uvchi) qo'shimchalari bilan yasaladi. Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so'zlagan vaqtda davom etayotgan harakat belgisini anglatadi. Bulardan birinchi yot fe'lining o'tgan zamon sifatdoshi formasi bo'lib, hozir sifatdosh yasovchi qo'shimcha vazifasini bajaradi. U –a (-y) bilan yasalgan ravishdoshga qo'shiladi. Bor-a-yotgan, kel-a-yotgan, o'qi-yo-tgan kabi.
Oxirgi unli fe'l negiziga –vchi, undosh bo'lgan fe'l negizigi –uvchi qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan sifatdosh predmetga doim xos bo'ladigan harakat belgisini anglatadi. Masalan: aytuvchi, keluvchi, bo'luvchi kabi.
Bu forma ba'zan hozir ham poeziyada uchraydi. Masalan: Kulimsirab turguvchi toleing porloq (G'.G'.). Hozirgi zamon sifatdoshining – yotgan orqali yasalgan formasi tuslanmaydi, ammo egalik va kelishik qo'shimchasini oladi. Masalan: o'qiyotganimda, o'qitayotganingda kabi. –vchi, (-uvchi) bilan yasalgan formasi esa tuslanadi: ishlovchiman, ishlovchisan kabi. Sifatdoshning bu turi otlashishga moyildir. Masalan: uchuvchi, yozuvchi, tikuvchi kabi. Ammo ular otlashmagan holda ham ishlatiladi. Masalan: A'lo tikuvchi qizning axloqi ham soz bo'lur (G'.G'.).
Kelasi zamon sifatdoshi.
Kelasi zamon sifatdoshi predmetning nutq so'zlanib turgan paytdan keyin bajariladigan harakat belgisini anglatadi. Bu fe'lning o'zak-negiziga –r (-ar) va – digan qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: oqar suv, qaynar
31
buloq, ko'rar (ko'zim), yurar (yo'l) kabi. Sifatdoshning bu turi hozirgi tilda ko'proq tuslangan holda ishlatiladi: aytarman, aytarsan kabi.
Predmetning kelasi zamonda bajariladigan harakat belgisi hozirgi tilda asosan –digan qo'shimchasi bilan ifodalanadi. Bu qo'shimcha ravishdoshning – a (-y) qo'shimchasi bilan yasalgan turiga qo'shiladi. Masalan: boradigan, yuradigan, o'tlaydigan kabi. sifatdoshning bu turi ham tuslanadi. Yuradiganman, yuradigan kabi. Eski o'zbek tilida kelasi zamon sifatdoshi –jak (-ajak), -gay (-kay, -qay), -gu (-g'u) qo'shimchalari va egalik qo'shimchasi –asi qo'shimchasi bilan ham yasalgan. Masalan: kelajak, kelasi, kelgusi kabi.
HARAKAT NOMI.
Harakat nomi ish-harakatning atamasi bo'lib, gapda otga xos vazifalarni bajarishga mos bo'lgan fe'l shaklidir. Masalan: o'qish, bormoq, o'ynash kabi. Harakat nomi. Bir tomondan, fe'lga xos bo'lgan o'timli-o'timsizlikka, nisbat kategoriyasiga va boshqarish xususiyatlariga ega. Bundan tashqari, harakat nomida hozirgi-kelasi zamon ottenkasi ham bor. Bu ottenka qulay sharoitda aniq zamon ma'nosiga aylanadi. Masalan: Kitob olmoq uchun keldim, g'o'zani sug'orish kerak kabi. Ikkinchi tomondan, otga xos bo'lgan son, egalik, kelishik qo'shimchalarini olib, gapda ega, to'ldiruvchi, ba'zan kesim vazifalarini bajaradi. Masalan:
O'qituvchi uchun esa bo'sh joy yo'q (H.O.).
Besh-olti bekatgacha tikka borish kishini charchatib qo'yadi.
Har dilda quyosh yondirmoq burchim.
Ishlashning foydasi keyin bilinadi.
Ba'zi vaqtlarda ko'makchilar bilan birga qo'llanib, hol vazifasida qo'llanadi. Masalan: Mansur ertalab yugurish uchun stadion tomon yo'l oldi. Harakat nomi –sh, -ish, -moq, -v, -uv qo'shimchalari bilan yasaladi. Hozirgi o'zbek tilida
–sh, -ish qo'shimchalari bilan yasalgan harakat nomi vaqtli matbuotda, ilmiy asarlarda ko'p uchraydi. Bu forma kalka yo'li bilan, ya'ni so'zning o'zi emas, balki uning ma'nosi o'zlashtirilib, yangi atama yaratishda, ayniqsa, faol qatnashadi. Masalan: proizvodstvo-ishlab chiqarish, dom otdixa-dam olish uyi, prixod-kelish, uxod-ketish, nablyudeniya-kuzatish, pedagogicheskoye chteniya-pedagogik o'qish kabilar. –moq qo'shimchasi bilan yasalgan harakat nomi esa, hozirgi adabiy tilda kamdan-kam ishlatiladi. Bir-biriga ma'nodosh bo'lgan bu uch xil harakat nomidan –moq qo'shimchasi bilan yasalgan forma fe'lga yaqin
turadi. Shuning uchun uni shartli ravishda infinitiv (fe'lning noaniq formasi) deb olinadi.
Dostları ilə paylaş: |