-sh, -ish qo'shimchalari bilan yasalgan forma esa otga yaqin turadi. Shu bois, bu forma o'rnida –moq qo'shimchasi bilan yasalgan harakat nomini har vaqt ham ishlataverish mumkin bo'lmaydi. Masalan: Yuqori hosil olish – texnikadan foydalana olishga bog'liq. Gapdagi harakat nomini –moq qo'shimchasi bilan yasalgan (olmoq), bilmoqqa formalari bilan almashtirish stilistik jihatdan to'g'ri emas.
MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR:
Fe'lning vazifadosh shakllari haqida tushuncha bering.
Ravishdosh deb nimaga aytiladi?
Sifatdoshning sifatga xos va fe'lga xos belgilarini tushuntiring.
Harakat nomi va uning yasalishi.
Sof fe'lning vazifadosh shakllardan farqini ayting.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O'zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun qayta ishlangan 2-nashri)-Toshkent: O'zbekiston, 1991-y.
U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent: O'zbekiston, 1992-y.
A. Aliyev, K. Sodiqov, O'zbek adabiy tili tarihidan, (Universitet talabalari uchun darslik).-T.: O'zbekiston, 1994-y.
B. Abdurahmonov, S.Mamajonov, O'zbek tili va adabiyoti, (Oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik).-T.: O'zbekiston, 1995-y.
A. Hojiyev, So'zning morfem tarkibi masalalariga doir “O'zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1998-yil.
Mavzu: RAVISH, MA'NO VA TUZILISHIGA KO'RA TURLARI.
REJA:
Ravish haqida ma'lumot
Ravishlarning ma'no jihatdan turlari.
Ravishlarda daraja
Ravishlarning yasalishi
Ravishlarda modal forma yasalishi.
Tayanch iboralar: ravish, ravishlarda daraja yasalishi, ma'no turlari, sintaktik vazifa, modal shakli, harakat belgilari.
RAVISH HAQIDA MA'LUMOT.
Ish-harakat va holatning belgisini bildiruvchi so'zlar ravish deyiladi. Bu xususiyatga ko'ra, ravish turkumiga oid so'zlar fe'lga bog'lanib keladi. Ravishlar fe'l bildirgan harakat-holatni bajarish tarzi, payti, o'rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi. Masalan: Kecha havo sovuq edi. Mehmon sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi. Gapni kam so'zla, ishni ko'p ko'zla.
Ravish turkumiga oid so'zlar ba'zan sifat yoki otga bog'lanib kelishi mumkin. Lekin bunday holatlarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o'zi boglanib kelgan sifat yoki otdan anglashiladigan harakat, holatning belgisini bildiradi. Masalan: Bu yil bahor erta keldi.
Ravish qanday?, qachon?, qayerda?, qayerdan?, qancha? kabi so'roqlarga javob bo'ladi va gapda asosan, hol vazifasida qo'llaniladi. Masalan: Jamoa xo'jaligi a'zolari fidokorona mehnat qilayotirlar. Ravishlar mustaqil so'z turkumi sifatida o'ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishning o'zgarmasligidir. Ravishlar biror so'zga bog'langanda, formasi o'zgarmaydi. Ular tarkibida uchraydigan ko'plik egalik va kelishik qo'shimchalari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu qo'shimchalar ravishning o'zak qismiga kiradi, ya'ni shu qo'shimcha bilangina u so'z ravish hisoblanadi yoki bu qo'shimcha forma yasovchilardan boshqa vazifada qatnashadi. Masalan: birdan, birga, chalqanchasiga, birdaniga, qatorasiga, kunda kabi.
Ravishlardagi kelishik va egalik qo'shimchalari o'z asl ma'nosi va vazifasini yo'qotgan. Bu so'zlar xuddi shu ko'rinishda ravishga aylangan.
34
Masalan: Oqshom paytida muvozanatni yo'qotdi-da, chalqanchasiga yerga quladi. Shuningdek, avvallari, ilgarilari kabi ravishlar tarkibidagi –lar va –i ko'plik va egalikni ifodalovchi qo'shimchalar emas. Bulardagi –lar qo'shimchasi ilgarigiga oid noaniq davomli qavatni ko'rsatsa, -i qo'shimchasi egalik ifodalash (shaxs ko'rsatish) xususiyatini butunlay yo'qotgan. Masalan: oqshomlari Nasriddin Afandining latifalarini aytib, ruslarni kuldiradi (O). Ravishlar gapda asosan, hol vazifasida kelsa-da, ba'zan ular otga bog'lanib, sifatlovchi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Tongning uzoq-yaqin yon bag'irlaridan yanada balandroq va dahshatliroq aks-sado eshitildi (S.A.). Ravishlar belgini ifodalashi jihatidan sifatga o'xshaydi. Biroq, sifatlar otga bog'lanib, harakat yoki holatning belgisini ifodalaydi. Ravishlarda so'z yasalish hodisasi mavjud.
RAVISHLARNING MA'NO JIHATDAN TURLARI.
Ravishlar ma'no jihatdan olti turga bo'linadi:
Holat (tarz) ravishi.
Miqdor-daraja ravishi.
Payt ravishi.
O'rin ravishi.
Sabab ravishi.
Maqsad ravishi.
Holat (tarz) ravishi.
Holat (tarz) ravishi ish-harakatning qay holatda, qay usulda bajarilishini ifodalab, qanday?, qanday qilib?, qay tarzda? so'roqlariga javob bo'ladi. Ravishlarning asosiy qismini holat ravishlari tashkil etadi. Holat ravishlarini jim, piyoda, to'kin, tiriklay, astoydil, yaqqol, birdan, mardona, yonma-yon, tasodifan, ko'pincha, xomligicha, yangicha, asta, sekin kabi so'zlar hosil qiladi. Masalan: Yo'lchi boshini quyi solib, jim o'tirdi (O). Holat ravishi gapda:
tarz holi vazifasida keladi. Masalan: Zulfiya turmush sinovlariga mardonavor bardosh berdi;
aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Kolxozga yangicha ilm kerak;
kesim vazifasida keladi. Masalan: Auditoriya jim-jit, hamma unga
Dostları ilə paylaş: |