qarar. (N. K.).
Miqdor-daraja ravishi.
Miqdor-daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini yoki kuchini bildiradi, shuningdek, predmetning noaniq miqdorini bildiradi va qancha?, qay daraja? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Miqdor – daraja ravishlari ma'nosiga ko'ra yo miqdor tushunchasini ifodalaydi yoki boshqa so'zning faqat ma'nosini kuchaytiradi. Shunga ko'ra bu guruh ikkiga bo'linadi.
Miqdor ravishi.
Daraja ravishi.
Miqdor ravishi harakat yoki predmetning noaniq miqdorini anglatadi: ko'p, kam, oziq-ovqat, biroz, sal, picha, qittak, hiyol kabi.
Daraja ravishi harakat va belgi ma'nosini kuchaytiradi: juda, g'oyat, nihoyatda, har qancha, obdon, ozmuncha, aslo, hech kabi. Miqdor-daraja ravishlari gapda ko'pincha hol vazifasida qo'llanadi. Masalan: Kechga yaqin biroz charchadik. Ba'zan aniqlovchi yoki kesim vazifasida qo'llanadi. Masalan: Ko'p o'qigan, ko'p bilar. Bu yil hosil mo'l. Miqdor ravishlari otlashib, son, egalik va kelishik qo'shimchalarini oladi. Gapda ega, to'ldiruvchi, qaratqich vazifalarini ham oladi. Masalan: bir piyola choy bahonasida, ko'plar bilan miriqib gaplashib oldik (I.R).
Payt ravishi.
Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Endi, erta, avval, dastlab, tunov kun, qadim, burun, yiliga, yaqinda, tongda, kechqurun, bahorda, yildan yilga, qishin-yozin, erta-kech kabi so'zlar payt ma'nosini ifodalaydi. Masalan: bu yerda kunduzi bolalar, kechqurun kattalar bilim olishadi. Payt ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi. Masalan: hozir choy qaynaydi, chaqchaqlashib tong orttiramiz (S.A.). Ba'azan kesim vazifasida qo'llanishi ham mumkin. Masalan: Biz borganda vaqt kechqurun edi.
O'rin ravishi.
O'rin ravishi ish-harakatning bajarilish o'rnini bildiradi va qayerda?, qayerdan?, qayerga? kabi so'roqlariga javob beradi. O'rin ravishini oldinda, uzoqda, yaqinda, pastda, nari, quyiga, soy bo'yida, tong payti dalada, qishloq tomorqalarida, bu yoqqa kabi so'zlar hosil qiladi. O'rin ravishi gapda hol vazifasida qo'llanadi. Masalan: Tog' cho'qqilari uzoqdan ko'rinib turibdi.
36
Sabab ravishi.
Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega?, nima uchun?, nima sababdan? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan, noiloj kabi so'zlari yordamida hosil bo'ladi. Sabab ravishi gapda sabab holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Suvsizlikdan avvallari bu yerlarga ekin ekilmas edi.
Maqsad ravishi.
Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishdagi maqsadini bildirib, nega?, nima maqsadda?, nima uchun? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Maqsad ravishi gapda maqsad holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Qadamimni ataylab, dadil-dadil bosaman, yoki Otaqo'zi jo'rtaga yarim soat qolganida yo'lga chiqdi (O. YO). Ataylab shahardan keluvdim. Harakatning bajarilish maqsadi uchun, deb yordamchi so'zlari va –gani qo'shimchali ravishdoshlar yordamida aniq ifodalanadi. Masalan: O'qish uchun kelgan. Yordamlashay deb keldim. O'qigani keldi kabi. Shu sababli, o'zbek tilida maqsadni ifodalovchi mustaqil so'zlar (ravishlar) kamdir.
RAVISHLARDA DARAJA.
Sifat-so'z turkumida bo'lganidek, ravishlarda ham belgini darajalab ko'rsatish hodisasi mavjud.
Ravishlardagi qiyosiy daraja sifatlardagidek molrfologik usul bilan, ya'ni – roq yordamida hosil bo'ladi. Masalan: tez-tezroq, sekin-sekinroq. Orttirma darajada esa sintaktik usul bilan, ya'ni oddiy darajadagi ravish oldiga juda, g'oyat, nihoyatda, g'oyatda, eng, hammadan kabi so'zlarni keltirish orqali hosil qilinadi. Masalan: Eshikdan To'xtasin aka kirib kelganini hammadan ilgari Majid payqadi (YU.SH). Yoki: Ularning har biri eng oldin O'lmas bilan so'rashishga oshiqardi.
RAVISHLARNING YASALISHI. O'zbek tilida ravishlar asosan, 2 xil usulda yasaladi:
Morfologik usulda.
Sintaktik usulda.
Dostları ilə paylaş: |