Morfologik usulga ko'ra, ot ba'zan sifat, son, olmosh, fe'lning sifatdosh va harakat nomi formalariga maxsus ravish yasovchi qo'shimchalarni qo'shish orqali ravish yasaladi.
-an otlarga: Majburan, ruhan, tamoman, tasodifan kabi.
-lab ot, sifat, son, ravishdoshlarga: ertalab, haftalab, bittalab, ko'plab, yaxshilab kabi.
-cha o'zbekcha, askarcha, yangicha, eskicha, istagancha, hozircha, ko'pincha kabi.
-larcha ot, sifatlarga: o'rtoqlarcha; ravishlarga: butunligicha, tirikligicha, o'zligicha, ko'pligicha kabi.
-ona ba'zi bir ot, sifat, ravishlarga: do'stona, mardona, mag'rurona, ojizona, makkorona, kamtarona kabi.
-lay (-layin) ba'zi bir olmosh, sifatlarga: butunlay, tiriklayin, tiriklay (in) kabi.
-n, in ba'zi bir ravish, fe'llarga: ertan, kechin, yashirin kabi.
-chasiga ot, sifatlarga: harbiycha, harbiychasiga, ochiqchasiga kabi.
-siz, -be: to'xtovsiz, beto'xtov, hisobsiz, behisob kabi.
-day (-dek) ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ba'zan son, modal so'z, ravishdoshlarga: burgutdek, toshday, kaftdagidek, har kungidek, yo'qday, borday, ko'pdek, o'zdek, shunday, ko'rganday, achingandek, birdek kabi.
Sintaktik usul bilan:
qo'shma;
murakkab;
v) juft ravishlar yasaladi.
Qo'shma ravish har birini ayrim, erkin holda qo'llab bo'lmaydigan ikki so'zning birikib ketishidan hosil bo'lgan va harakatning bitta belgisini ifodalaydigan yangi ravishdir. Qo'shma ravishlar quyidagicha yasaladi:
1. O'rin, payt ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan – alla elementini qo'shish bilan: allaqanday, allanechuk, allaqachon, allavaqt kabilar.
2. Bir yoki oz so'zi bilan mustaqil ishlatilmaydigan so'zni biriktirish orqali: birmuncha, ozmuncha, birato'la, birvarakay, birpas kabi.
Dostları ilə paylaş: |