Fe'l so'z turkumi reja



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə2/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

Ol, o'qi, saqla kabilar o'timli fe'llardir. Bor, kel, o'tir, uxla kabilar o'timsiz fe'llardir.

Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan predmetga o'tganligini (vositasiz to'ldiruvchiga), ta'sir qilishini bildiradigan fe'llar o'timli fe'l deyiladi. Masalan: Erta ko'klamda zovur va ariqlarni tozalab qo'ydik.


Biron predmetga bevosita o'tmaydigan harakatni anglatadigan fe'llar o'timsiz fe'l deyiladi. Masalan: Do'stim kecha qishloqqa ketdi. Fe'llardagi o'timli-o'timsizlik 2 xil ifodalanadi.





  1. Leksik - semantik usul masalan: ol, ko'r, kuy, ich, saqla, so'ra, och,

yech.
Odatda, quvnamoq, sevinmoq, erinmoq, uxlamoq kabi holatni anglatadigan fe'llar, yugurmoq, yurmoq, yetmoq kabi harakatni anglatadigan fe'llar o'timsiz bo'ladi.



  1. Morfologik usul. O'timli-o'timsizlikning morfologik usul bilan ifodalanishida fe'l nisbatini yasaydigan qo'shimchalar xizmat qiladi.




  1. orttirma nisbat yasovchi qo'shimchalar o'timsiz fe'lni o'timli fe'lga aylantiradi: yurgiz, keltir, ishlat, oqiz.




  1. o'zlik va majhullik nisbatidagi fe'llarni yasaydigan qo'shimchalar esa o'timli fe'lni o'timsiz fe'lga aylantiradi: ochil, ko'rin, yechin, saqlan kabi.

Fe'l ko'p ma'noli bo'lganda, u bir ma'nosiga ko'ra o'timli, boshqa ma'nosiga ko'ra o'timsiz bo'lishi mumkin. Masalan: kitob o'qiydi - o'timli, maktabda o'qiydi - o'timsiz.





    1. FE'L NISBATLARI.

Fe'l orqali ifodalangan ish – harakat va holat bilan shaxs orasidagi munosabat turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, o'qidim, ishladi kabi fe'llar o'zida ishlovchi shaxsni ham ko'rsatib turibdi. Agar qaror o'qildi, topshiriq bajarildi desak, ish-haraktning o'zi haqida xabar bor, lekin uni bajaruvchi shaxsni mazkur fe'llar anglatmaydi. Ish-harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) bilan predmeti



3


(ob'yekti) orasidagi yoki bir necha bajaruvchi sub'yektlar orasidagi munosabatlarning ifodalanishi fe'l nisbati deyiladi. Masalan, Nazira kitob sotib oldi; gapida sotib oldi – harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) Nazira bo'lib, u ega orqali harakatning predmeti (ob'yekt)i, kitob esa vositasiz to'ldiruvchi orqali ifodalangan. Bunda harakatning asosiy bajaruvchisi kitobdir, ya'ni to'ldiruvchidir. Nazira – ega esa harakat bajarilishida vosita bo'lgan bajaruvchi shaxs.

Fe'l nisbati maxsus forma yasovcha qo'shimchalar yordami bilan yasaladi (aniq nisbat bundan mustasno). Bu qo'shimchalar fe'lning ma'nosini tamomila o'zgartirmaydi, balki unga qo'shimcha ma'no qo'shadi. Ana shu qo'shimcha ma'nolar gap ko'rinishining qanday bo'lishini bildirib turadi. Ega va to'ldiruvchining qanday forma va ma'noda birikishi fe'l nisbatining ma'nosi bilan bog'lanadi.





Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin