Fe'l so'z turkumi reja



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə23/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

Murakkab ravish har birini ayrim va erkin qo'llash mumkin bo'lgan ikki so'zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan yangi ravishdir. Murakkab ravishlar quyidagicha yasaladi:

1. O'rin-payt ma'nosidagi so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan o'z ma'nosini, mustaqilligini va urg'usini saqlagan har, hech bir so'zlarini keltirish bilan: bir lahza, biroz, har vaqt, bir yo'la, hech qachon, hech vaqt, bir nafas, har gal, har zamon, bir zamon kabi.



38


  1. O'z leksik ma'nolarini saqlagan so'z formalarining aniqlovchi-aniqlanmish munosabatida birikishdan: hamma vaqt, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu yerda, bu yoqqa, bu yoqdan kabi.




  1. Juft ravish ikki so'zning teng bog'lanishidan yasalgan ravishdir. Juft ravishlar quyidagicha yasaladi:




  1. ma'nodosh so'zlardan asta-sekin, eson-omon ochiq-oydin, uzil-kesil kabi.




  1. qarama-qarshi ma'noli so'zlardan: qishin-yozin, erta-kech, ochin-to'qin, kecha-kunduz, ostin-ustun kabi.




  1. Otlarni, olmoshlarni takrorlash bilan: Ko'pdan-ko'p, yildan-yil, shundan-shunga kabi.

Ma'lum sintaktik sharoit tufayli ravishlarning ko'p qismi boshqa so'z turkumlaridan ko'chgan. Ravishga ko'chish hodisasi deyarli barcha mustaqil so'zlarda mavjud. Masalan: kunda, kuniga, kunduzi, oldiga, orqaga kabilar, otdan: yangidan, yaqinda, sifatdan; birdan, birga, sondan: o'sha fe'ldan ravishga ko'chgan, ya'ni, ravish bo'lib qolgan. Ravishlar tuzilish jihatidan: Sodda (tez, ko'p, mardona, birdan), qo'shma (har vaqt, bir zum, hech qachon), juft (asta-sekin, ochiq-oydin, qishin-yozin) takroriy (asta-sekin, tez-tez, sekin-sekin) turlarga bo'linadi.





  1. RAVISHLARDA MODAL FORMA YASALISHI.

Ravishlarda modal forma yasalishi qiyos qilinmagan harakat (yoki predmet) belgisining odatdagi miqdordan kam ekanligi, noaniqligi, belgiga munosabat kabi modal ma'nolar roq, -gina (-kina, -qina) qo'shimchalari orqali ifodalanadi. Masalan: ko'proq, ozroq, sekinroq, ko'pgina, shundoqqina, andakkina kabi.


Qiyos qilinmagan belgining kuchliligi, takrorlanib turishi, juda, nihoyatda, behad, g'oyat kabi so'zlarni ravish oldida qo'llash yo'li bilan hosil bo'ladi. Masalan: juda tez, nihoyatda ko'p, behad jim kabi. Bunday ravishlar kuchaytirma ravish deyiladi. Ravishlarni takrorlash yo'li bilan ham kuchaytirma ravishlar, ya'ni, modal ma'no ifodalanishi mumkin. Masalan: kam-kam, tez-tez, ko'p-ko'p kabi.



39




MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR.



  1. Ravish deb nimaga aytiladi?

  2. Harakat belgilari turlarini tushintiring.

  3. Ravishlarning yasalishini tushuntiring.

  4. Ravishlarda modal shakli deganda nimani tushunasiz?

  5. Ravishlarda darajani tushuntiring.




Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin