Fe'l so'z turkumi reja


IX. FE'LLARNING YASALISHI HAQIDA MA'LUMOT



Yüklə 415,5 Kb.
səhifə13/24
tarix01.04.2023
ölçüsü415,5 Kb.
#92328
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Fe\'l so\'z turkumi reja

IX. FE'LLARNING YASALISHI HAQIDA MA'LUMOT.



  1. Ot, sifat, ravish so'z turkumlari singari fe'llar ham boshqa so'z turkumlaridan yasaladi. Fe'llar asosan, ikki xil yo'l bilan yasaladi:



a) morfologik yoki fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida;


b) sintaktik (kompozitsiya) yoki so'zlarni qo'shish yordamida fe'l yasash.



  1. Fe'llarning morfologik usulda yasalishi.

Maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida fe'llarning yasalishi morfologik usul deyiladi.


Morfologik, ya'ni fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so'zlardan fe'l yasaladi. Masalan: ishla, terla, so'zla, kechik, guldira, chuxla kabi. fe'l yasovchi qo'shimchalar tubandagilar:





  1. la ot negiziga qo'shilib, o'sha negizdan anglashilgan predmetga ega qilish (qitiqla, bolala, tuzla, moyla), o'sha predmetni vujudga keltirish, yaratish (gulla, bolala, qo'zila), o'sha predmet holatiga o'tish (muzla), o'xshash bo'lish (cho'lla), o'lchash (metrla, kilola), o'ringa taalluqli bo'lish (osmonla, yerla), negizdan anglashilgan paytga aloqador bo'lish (qishla) kabi ma'nolarni ifodalaydi. Bu qo'shimcha sifat, ravish va taqlidiy so'zlar negizlariga qo'shilganda, negizdan anglashilgan tusga, holatga o'tish ma'nosini ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan: yaxshila, oqla, tozala, tezla, sekinla, paqirla, gumburla, qisirla kabi. Undovga qo'shilgan la qo'shimchasi undovdan anglashilgan ruhiy holatni, buyruq-xitobni bajarish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: uxla, tufla, chuxla kabi. Kishilik olmoshlaridan ham ba'zan la qo'shimchasi qo'shilishi bilan fe'l yasaladi. Masalan: sizla, senla kabi.




  1. a (-la) qo'shimchasi ot, sifat va taqlidiy so'z negiziga qo'shilib, yuqorida -la qo'shimchasi uchun sanalgan kabi ma'nolardagi fe'llarni yasaydi: osha, qona, ata, tuna, o'yna, sana, bo'sha, yasha, qiyna, guldira, xo'ngra, (xungira) yaltira kabilar.




  1. y (-ay) qo'shimchasi ot, sifat, ravish negizlariga qo'shilib, negizdan anglashilgan holatga kirish ma'nosini ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan: kuchay, o'lgay, qoray, ozay, sarg'ay kabi.




  1. r (-ar) qo'shimchasi sifat negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan holatga kirish harakatini ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan: o'zgar, qizar, oqar, qisqar, eskir kabi.

21


  1. ik (-iq) holda ega bo'lish hayiq kabi.

qo'shimchasi ot, ravish, son undovlardan negiz anglatgan ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: yo'liq, kechik, birik,






  1. ir (-ur) qo'shimchasi ot va undovlarga qo'shilib, negizdan anglashilgan ishni bajarish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: gapir, tupur kabi




  1. sira qo'shimchasi ot, sifat va olmoshlardan negiz anglatgan predmetni istash, o'sha xususiyatga ega bo'lish kabi ma'nolardagi fe'lni yasaydi. Masalan: suvsira, qonsira, uyqusira, sensira kabi.




  1. i qo'shimchasi ot va sifat negizlariga qo'shilib, negizdan anglashilgan predmet yoki holatga ega bo'lish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: changi, tinchi, boyi kabi.




  1. qir, illa qo'shimchalari taqlidiy so'zlardan o'sha ishni bajarish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Masalan: hayqir, o'shqir, piqilla, vichilla, taqilla, chirqilla, chirilla, guvilla kabi.




  1. ka affiksi ot negiziga qo'shilib, negizdan anglashilgan predmetni sezish ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Bu qo'shimcha unumsiz bo'lib, ayrim so'zlargina yasaladi. Masalan: iska.




  1. sa qo'shimchasi ham ka qo'shimchasi kabi negizdan anglashilgan predmetni istash ma'nosidagi fe'lni yasaydi. Bu qo'shimcha ham unumsizdir. Masalan: suvsa kabi.




  1. dan, -lash qo'shimchalari ayni bir vaqtda ham fe'l, ham fe'lning biror nisbat formasini yasaydi. Bu qo'shimchalar asosan, ot, sifat, sondan fe'l yasaydi. Masalan: otlan, jonlan, zavqlan, ajablan, lazzatlan, bahslash, gaplash, birlash, ikkilan, shodlan kabilar.




  1. Fe'llarning sintaktik usulda yasalishi.

Sintaktik usul bilan murakkab fe'l hosil qilinadi. Murakkab fe'llarning ikkinchi qismi har vaqt fe'l bo'lib, birinchi qismi fe'l bo'lishi ham, fe'ldan boshqa so'z turkumi, masalan, ot, sifat va boshqalar bo'lishi mumkin. Murakkab fe'llar birinchi qismning fe'l yoki fe'ldan boshqa so'z turkumiga oid bo'lishiga ko'ra ikki turga bo'linadi:






Yüklə 415,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin