2. Gapirish ko`nikmasining chet tilini o`qitishdagi o`rni.
O'zbekistonda uzluksiz ta'lim yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy hayotga mustaqil moslashish ko'nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda hozirgi davr talabida bo'lish ahamiyatlidir. Shuning uchun ham jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy taraqqiyotini o'stirishda chet tillarini yaxshi biladigan yosh avlodni tarbiyalashda chet tili, xususan ingliz tilining o'rni juda katta. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standard va o'quv dasturida ingliz tilini o'qitishning maqsadlari jamiyat, davlat manfaatlari hamda talablaridan kelib chiqishi, unga muvofiq kelishi kerak.
Chet til o'qitishning rivojlantiruvchi maqsadi quyidagilarni ko'zda tutadi:
a) nutqiy qobiliyatning tarkibiy qismlari tinglash, idrok etish, payqab olish, til hodisalarini farqlash, fikmi mantiqli ifoda etish va boshqalar;
b) nutq faoliyati bilan bog'liq bo'lgan psixik jarayonlar: tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur, tahlil va sintez, umumlashtirish;
c) muloqot qilish qobiliyati: his-hayajon, gapirishga chechanlik, kirishimlilik, xushmuomalali bo'lish, suhbat chog'ida tashabbuskorlik ko'rsatish, imo-ishora vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish va boshqalar;
d) xorijiy tilni va tili o'rganilayotgan mamlakat, uning xalqi, madaniyati, urf-odatlari kabilami o'rganishga bo'lgan ichki va tashki motivatsiya, qiziqish hamda ishtiyoqlar;
e) ta'lim chog'ida mustaqil ishlash va bilim olishini tugatgandan so'ng o'quvchilarni mustaqil ta'lim olishga tayyorlash.
Zamonaviy metodika talablaridan kelib chiqib, grammatik xodisalami o'rgatishga integrativ yondashishni tanladik. Ayrim grammatik xodisalar esa o'zining ma'no yoki yasalish usullariga ko'ra ona tili grammatik hodisalari bilan o'xshashligi tufayli ular o'zlashtirish uchun katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Bu haqda tilshunos T.Sattorov tadqiqotlarida batafsil ma'lumot berilgan, grammatik hodisalarga tabaqali yondashuv g'oyasi ilgari surilgan.
Chet til ta'limida informatsion texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Binobarin o'quvchilarga grammatik xodisalami o'rgatish jarayonida quyidagi informatsion texnologiyalardan foydalanishni lozim topdik: kompyuter texnologiyasi (internet tarmogi), interaktiv metodlar, ochiq munozara (disput), ekskursiya, auksion, matbuot konferensiyasi, konkurs, dumaloq stol, orzu-niyat, she'riyat turlari, chet til o'rgatish proyekt metodi va boshqalar. Interaktiv metodlar qo'llanganda, o'quvchining o'zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi, o'qituvchi bilan hamkor sifatida ishlaydi. Ingliz tili darslarida o'quvchilarining grammatik ko'nikmalarini takomillashtirishda internet texnologiyalari axborot olish va muloqot kilishning eng zamonaviy shakllaridan biridir. O'quvchilar intemetdan foydalanib, ma'ruza va referatlar yozishadi.
Multimedia o'quv materialini ovozli tarzda taqdim etish imkonini yaratadi, ya'ni virtual o'qituvchi vazifasini o'taydi. O'quvchi sof inglizcha talaffuzni tinglaydi, o'z nutqini unga moslashtirishga harakat qiladi.
Umumta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga so'z boyligini orttirish uchun eletron lug'atlarning roli beqiyosdir. Elektron lug'atda so'zlar grafik timsoli orqali emas, balki bevosita tovushlar majmui sifatida talaffuz qilinadi. Bunday lug'atlar bilan ishlashda so'zlarni eslab qolish oson kechadi va ular uzoq muddatli xotirada saqlanadi.
O'quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlash maqsadida test olinadi. Test jarayonida o'quvchilarda mustaqil ishlash va o'zini-o'zi baholash imkoniyati paydo bo'ladi. Ma'lumki, mustaqil holda olingan ilim xotirada uzoq saqlanadi va qayta esga olish oson kechadi. Zamonaviy texnologiyalardan bo'lgan strategiya va o'yin-topshiriqlari o'quvchilarni zerikishdan saqlaydi va ulami mustaqil tarzda aqliy faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlaydi.
Shuningdek ingliz tili grammatikasini umumta'lim maktablarida o'quvchilarga o'rgatishda klasterli yondashuv yoki usul ham samarali yordam beradi. Bu usul nafaqat samarali balki o'quvchilar uchun bilim berishda judayam qulay usul hisoblanadi. Maxsus kuzatishlarimiz va o'tkazilgan tajribamiz asosida quyidagi xulosalarga keldik: o'yin-topshiriqlardan foydalanish chet til o'qitishning amaliy, tarbiyaviy, umumta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarini amalga oshirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi; o'quvchilaming xorijiy tilda fikr bayon etish(gapirish)ga nisbatan psixologik salbiy kechinmalarini bartaraf etishga imkon beradi, o'quvchilarga mustaqil fikrlashni o'rgatadi, nutq malakalarini egallashni o'zlashtiradi, maqsadga erishish, g'alaba qozonishga undaydi, tilni kommunikativ metodika asosida o'rganishga imkon beradi, barcha o'quvchilarni darsga jalb qilishga, qiziqishlarini yanada orttirishga, dars samaradorligini ko'tarishga salmoqli hissa qo'shadi.
Bilim, ko'nikma va malaka chet til o'rganishda o'ziga xos munosabat kasb etadi va bu o'quv predmetining xususiyatini aks ettiradi. Nutqda fikrni ifodalash yoki ifodalangan fikmi tushunib olish uchun til materialini qo'llay bilish talab etiladi. Bunga erishish uchun til vositalari bilan nutq mazmuni orasida mustahkam va moslashuvchan aloqa, S.Setlin ta'biri bilan, assotsiatsiya o'rnatilishi kerak bo'ladi.
Nutqiy malaka tarkibida til ko'nikma shakllantiriladi. Grammatik ko'nikmani hosil qilish uch bosqichli metodik dbir hisoblanadi:
1) taqsimot bosqichi yangi grammatik birlikni tushuntirish (nutq namunasida taqdim etish), tushuntirish va dastlabki grammatik amallami bajarishdan iborat.
2) grammatika mashqlarini bajarish. Bu bosqich asosan ko'nikma hosil qilishga qaratiladi.
3) grammatik hodisani nutq faoliyati turlarida qo'llanilish bosqichi.
Aytilganlardan a'yon bo'ladiki, grammatika bilimlarni singdirish uchun emas, balki ko'nikmalarni rivoj lantirishga xizmat qiladi.
Yuqori sinf o'quvchilarida ingliz tili grammatik ko'nikmalarini shakllantirishning ilmiy-metodik tavsifini tadqiq qilishdan ko'zlanadigan yagona maqsad ingliz tili grammatikasini o'rgatish modelini kiritishdir. Nazariy model o'quvchilaming inglizcha grammatik ko'nikmalarini takomillashtirish Hozirgi kunda ingliz juda o'ziga xos mavqega ega va lingua franca - butun insoniyatning millatlararo muloqot tiliga aylanib bormoqda. Ammo yarim asr oldin ingliz tili xalqaro tillardan biri edi.
Dostları ilə paylaş: |