G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLAR (OBJECT CLAUSES)



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   263
xorijiy t

TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLAR (OBJECT CLAUSES)
1. To‘ldiruvchi ergash gaplar qo‘shma gapda vositasiz yoki predlogli 
vositali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gap 
bilan ega va kesim ergash gaplarni bosh gapga bog‘lashda ishlatiladigan 
bog‘lovchilar va bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘lanadi:
He told us that he felt ill.
U kasal bo‘lib qolganligini aytdi.
He asked us what we 
thought of it.
U bizdan bu haqda qanday fi krda 
ekanligimizni so‘radi.
They laughed at what he said.
Ular uning gapidan kulishdi.
I’ll ask him to fi nd out 
where they live.
Men undan ular qayerda yasha 
sh-
larini bilib kelishni so‘rayman.
He has just gone away saying 
that he will return in an hour.
U bir soatdan keyin qaytib keli shini 
aytib hozirgina ketdi.


299
2. Ko‘pincha that bog‘lovchisi ishlatilmaydi:
I know (that) he has returned.
Men uning qaytib kelganini bila-
man.
He said (that) Nodir felt tired.
U Nodirning charchaganini aytdi.
3. To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapdan vergul bilan ajratilmaydi.
EGA, KESIM VA TO‘LDIRUVCHI ERGASH GAPLARGA IZOH
1. Whose, whom, which, what, when, where, how, why so‘zlari bilan 
bog‘langan ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplarda darak gaplarning 
so‘z tartibi ishlatiladi. So‘roq gap tartibi faqat mustaqil so‘roq gaplarda 
ishlatiladi:
How did he do it?
(Mustaqil so‘roq gap.)
U buni qanday qildi?
How he did it is diffi cult to say.
(Ega ergash gap).
U buni qanday qilganini 
aytish qiyin.
He told me how he did it. 
(To‘ldiruvchi ergash gap).
U menga buni qanday qilganini 
aytib berdi.
2. When bilan bog‘langan ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplarda 
kelasi zamonning o‘rnida hozirgi zamon ishlatilmaydi. Faqat payt va
shart ergash gaplarda kelasi zamonning o‘rnida hozirgi zamon ishla tiladi:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin