Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə9/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

1. Jinsga birikkan genlar — bu:
A) Autosoma genlari B) Geteroxromosoma genlari
C) Yirik autosomalarga joylashgan genlar
D) Yo‘ldoshli xromosomalarda joylashgan genlar
E) Nomayon bo‘lishi jinsiy xromosomalarga bog‘liq genlar
2. Qanday holatlarda daltonik otaning o ‘g ‘li ham daltonik tug‘ulishi
mumkin?
A) Agar bolaning onasi daltonizm genini tashuvchi bo‘lsa
B) H ar qanday holatlarda ham
C) Ota daltonizm genini o‘g‘illariga o‘tkazmaydi
D) Bolaning onasi daltonizm bilan kasal bo‘lsa
E) A va C javoblar to ‘g‘ri
3. Genlar orasidagi masofani o ‘lchovchi birlik:
A) Nanometr B) Muton C) Rekon D) Morganida E) Mikrometr.
4. Qanday genotipli ota-onalardan gemofilik o ‘g ‘illar tug‘ulishi
mumkin?
1. X“ X“
X“Y
A) 1, 3
2. X
h
X‘XhY
B) 2, 3



30
Genetika


3. X X X“Y
4. X Y
x
Y
5. X X hX Y
C) 1,4
D) 3 ,4
E) 2, 4
5. Birikish guruhlari — bu:
A) Bitta xromosomada joylashgan genlar guruhi
B) Avlodlarga hammasi birga beriladigan genlar guruhi
C) Avlodlarga alohida o ‘tadigan genlar guruhi
D) Hamma javoblar to‘g‘ri
E) A va B javoblar to ‘g‘ri
6. X va Y xromosomalar gomolog hisoblanadimi?
A) Ularda gomologik qismlar ham, nogomologik qismlar ham
B) Ha C) Yo‘q
D) Gomologik qismlar nogomologik qismlarga nisbatan ko‘p
E) Gomologik va nogomologik qismlari bir xil
7. Qon ivishi normal bo‘lgan ota-onalardan gemofilik o ‘g ‘il tug‘ilishi
mumkinmi?
A) Yo‘q
B) Hamma holatlarda mumkin
C) Agar ona patologik genning tashuvchisi bo‘lsa mumkin
D) Agar ota geterozigotali bo‘lsa mumkin
E) C va D javoblar to ‘g‘ri
8. Odamning jinsiy xromosomalarga bog‘liq belgilarini k o ‘rsating:
A) Sindaktiliya, gipertrixoz, polidaktiliya
B) Daltonizm, sindaktiliya, gipertrixoz
C) Daltonizm, o‘naqaylik
D) Gemofiliya, gipertrixoz, chapaqaylik
E) Gemofiliya, mushak distrofiyasi, tish emali qorayishi
9. Morganida — bu:
A) Mutatsiya birligi
B) Genlar orasidagi masofani o ‘lchash birligi
C) Rekombinatsiya birligi
D) Transkripsiya birligi
E) Morgan tomonidan aniqlangan plazmatik gen
10. Hayvonlar va o ‘simliklarda erkak va urg‘ochi organizmlar nis-
bati qanday bo‘ladi?
A ) 1 : 2 B) 1 : 1 C) 2 : 1 D) 3 : 4
11. Erkak va urg‘ochi organizmlarda farq qiluvchi xromosomalar
nima deyiladi.
A) Autosomalar B) Xromatidalar C) Somatik xromosomalar
D) Jinsiy xromosomalar
mavjud



31
12. Erkak va urg‘ochi organizmlarda farq qiluvchi xromosoma jufti


nima deyiladi?
A) Autosomalar B) Geteroxromosomalar C) Somatik xromoso-
malar D) Jinsiy xromosomalar
13. Erkak va urg‘ochi organizmlarda farq qilmaydigan xromosoma-
lar
A) Autosomalar B) Geteroxromosomalar C) Somatik xromo-
somalar D) Jinsiy xromosomalar
14. Sutemizuvchilar va odamlarda urg‘ochi individlar kariotipida
jinsiy xromosomalari qanday gameta hosil qiladi?
A) Gomogametali B) Geterogametali C) Gameta hosil qilmaydi
D) Triploid gameta
15. Sutemizuvchilarda va odamlarda erkak individlar kariotipida
jinsiy xromosomalari qanday gameta hosil qiladi?
A) Gomogametali B) Geterogametali C) Gameta hosil qilmaydi
D) Triploid gameta
16. Jinsiy xromosomalar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
1. Kattaligi 2. Shakli 3. Genlarning tarkibi 4. Vazifasi
A) 1.2.3 B) 2.3.4 C) 1.2.3.4 D) 2.3
17. Jinsiy xromosomada joylashgan genlar orqali nasldan naslga
beriluvchi belgilar nima deyiladi.
A) Jinsga bog‘liq bo‘lmagan belgi
B) Jinsga bog‘liq belgi
C) A va B javoblar to ‘g‘ri
D) To‘g‘ri javob yo‘q.
7 -§ . G enlarning o ‘zaro t a ’siri
Organizm genotipi m a’lum tartibda o ‘zaro bir-biriga ta ’sir
k o ‘rsatuvchi genlar sistemasidir. G enlarning asosan ikki xil o ‘zaro
ta ’siri tafovut etiladi: allel genlarning o ‘zaro ta ’siri va allelmas gen­
larning o ‘zaro ta ’siri.
G enlarning o‘zaro ta ’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
I. Allel genlarning o ‘zaro ta ’siri:
1) dominantlik; 2) to ‘liqmas dominantlik; 3) o ‘ta dominantlik; 4)
retsessivlik; 5) kodominantlik; 6) k o ‘p allellik.
II. Allelmas genlarning o ‘zaro ta ’siri:
1) epistaz; 2) komplementarlik; 3) polimeriya.
Ana shu o ‘zaro ta ’sir shakllari bilan qisqacha tanishib chiqay-
lik.



32
Genetika


Allel genlarning o ‘zaro t a ’siri.
1. T o ‘liqmas dominantlik yoki oraliq dominantlik.
Organizm
geterozigota holatida b o ‘lganida retsessiv gen dom inant genning
to ‘liq nam oyon b o ‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada, fenotip oraliq
xususiyatiga ega b o ‘lib qoladi.
(9-rasm)
Masalan, odam da ko‘z
soqqasining norm al rivojlanishi dom inant gen (A), rivojlanmaslig-
ini retsessiv gen (a) nazorat qiladi. G eterozigota holatida (Aa)
chala dom inantlik natijasida ko‘z soqqasi kichik b o ‘ladi. Oraliq
dom inantlik tipida irsiylanish quyidagi rasmda ifodalangan.
2. Dominantlik
bilan avvalgi mashg‘ulotda tanishib chiqqan-
miz. Belgi gomozigotlarda (AA), geterozigotlarda (Aa) kam yuza-
ga chiqadi.
3. Retsessivlik.
Belgi faqat gomozigotalarda (aa) yuzaga chiqa-
di.
4. O ‘ta dominantlik.
G eterozigota holatida (Aa) dom inant gen­
ning ta ’siri kuchliroq nam oyon b o ‘ladi.
T



33
5. Kodominantlik.


G eterozigota holatida har ikkala gen biri-
biridan mustaqil ravishda o ‘z ta ’sirini yuzaga chiqaradi. Bu usulda
odam da IV qon guruxi aniqlanadi (IAIB).
6. K o ‘p allellik.
K o‘pincha genlar ikkitadan ko‘proq allellarga
ega b o ‘lishi mumkin. Bu holat ko‘p allellik deb ataladi. Bunga tipik
misol quyonlar rangini aniqlovchi allellardir: C allel boshqa allel-
lardan dominantlik qiladi, terining qora rangini belgilaydi.
Ch — oyoq panjalari, dum, quloq, burunning qora rangligini
belgilaydi (ximolay rangi), cch — shinshilla rangini, c — albinizmni
belgilaydi
(10-rasm).
U larning bir-biriga ta ’sirini sifatida ifodalash
mumkin.
C > ch > cch > c
K o‘p allellikka boshqa misol qilib qon guruhlari allellarini
keltirish mumkin. Odamdagi O, A, V, AV qon guruhlarini IO, IA,
IB allellarning o ‘zaro ta ’siri belgilaydi.
10-r a s m.
Quyonlarda ko‘p allellik genlarning irsiylanishi.
2—Genetika



34
Genetika


Mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. II qon guruh bo‘yicha geterozigotali ayol III qon
guruhli (geterozigotali) erkakka turmushga chiqsa ulardan qanday qon
guruhli bolalar tug‘ilishi mumkin?
(1-jadval).
1
-j a d v a l

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin