4 .2 . D aryolarning yillik oqimi
Yillik oqimning hosil boMish ornillari.
Daryo havzasidan yil
davomida oqib keladigan suv miqdori y i l l i k o q i m deb ataladi.
Yillik oqim iqlimiy omillarga va birinchi navbatda, yog‘inlar
va bug'lanish miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi sababli u vaqt oralig'ida
o'zgarmay qolmaydi.
Bundan tashqari, yillik oqimning tebranishiga
quyidagi tabiiy-
geografik omillar — daryo havzasining o'lchami va shakli, uning
relyefi, tu proq va o'sim lik qoplam i, ko'llarning
mavjudligi,
havzaning o ‘rmon bilan qoplanishi va boshqalar ta ’sir ko'rsatadi.
Daryolar suvliligining tebranish amplitudasi va yillik oqimning
o'r tacha ko'p yillik miqdorga nisbatan o'zgarib turishini e'tiborga
olib L.K. Davidov nisbiy suvlilik koeffitsientini kiritdi. Bu
koeffitsient quyidagiga teng:
= ( Q , - Q min) / Q 0
(4.21)
Bu yerda
Q.
—^joriy yildagi o 'rta c h a
suv sarfi,
Q
0—kuzatish
davridagi o 'rta ch a yillik suv sarfi,
Qmm
— kuzatish davridagi
minimal o 'rta c h a yillik suv sarfi.
Uzoq muddatli gidrometrik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, yillik
oqimning tebranishi davriylikka ega bo'lib, bunda sersuv va kamsuv
yillar almashinib turadi. Amudaryo va Sirdaryo havzasidagi 15 daryo
suvliligining o'zgarishi shuni ko'rsatadiki,
kamsuv va sersuv yillar-
ning qaytarilishida davriylik mavjud bo'lib, ularguruh holatida 3—5
yil surunkasiga uchraydi. Kamsuv yillar soni o'rta hisobda sersuv
yillar soniga nisbatan ikki marta ko'proq uchrar ekan. Shu bilan
birga kamsuv yillaming o'rtacha davom etishi sersuv yillarga nisbatan
ko'proq ekanligi aniqlandi. Isfara, Qashqadaryo daryolarida kamsuv
yillaming davom etishi 8— 10 yilga yetadi, sersuv yillar bu daryolarda
bor-yo'g'i 4—5 yilni tashkil etadi.
Amudaryo,
Zarafshon, Norin va So'x daryolarida kamsuv yoki
sersuv yillari daryo suvliligi tebranishida moslik mavjud. Daryoda
kamsuv yoki sersuv yillaming kuzatilishi daryoning to'yinish
manbaiga bog'liq. O 'rta Osiyo tog'larida mavsumiy qor zaxirasi
m e’yordan kam bo'lgan yillari o'lkada kamsuv davr kuzatiladi.
Bunda qor bilan to'yinuvchi daryolarda oqim me'yoriy miqdordan
kam bo'ladi, muzlik, qor bilan to'yinuvchi daryolarda
yillik oqim
me’yorga yaqin va xattoki undan yuqori bo'lishi kuzatiladi. Bunda
muzliklar bilan to'yinuvchi daryolarga mos bo'lgan xususiyat
namoyon bo'ladi—muzlik oqimining hissasi sabab
kamsuv yillari
suvning ko'payishi sodir bo'ladi.
134
/