Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Gidrologik qatorning o ‘xshashligini va reprezentativligini ba-



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

Gidrologik qatorning o ‘xshashligini va reprezentativligini ba-
holash. 
O'rganilayotgan daryoning yillik oqim m e’yorini ku za­
tish m a ’lumotlari yetishmaganda hisoblash uchun unga gidrologik 
qatori uzun bo'lgan o'xshash daryo tanlanadi. O'xshash daryo­
ning o'rganilayotgan daryo bilan quyidagi o'xshashligi bo'lishi 
kerak:
1. Iqlimiy tavsiflarining bir yilligi.
2. Daryo oqim ining vaqt oralig'idagi sinxronligi.
3. Relyef, tuproq gruntlar, gidrogeologik sharoitlarning bir 
x i l d a lig i, -suv y i g 'i s h h a v z a s i n i n g o ' r m o n b i l a n b i r xil 
qoplanganligi.
4. Daryo oqimi tabiiy holatini o'zgartiradigan omillarning 
mavjud emasligi.
Yillik o q im m e 'y o r in i a niq h isoblash u c h u n o 'x s h a sh
daryodagi gidrometrik kuzatishlar k o'p yillik davrga ega bo'lishi 
kerak. Shu bilan birgalikda o'rganilayotgan daryo va o'xshash 
daryo o'rtasida kamida 6 yil parallel kuzatishlar olib borilgan 
bo'lishi shart.
Shunday qilib, o'xshash daryoni tanlashda yuqorida qayd etilgan 
shartlarning bajarilishi tahlil qilinadi. O'rganilayotgan daryo va 
o'xshash daryo o'rtasida o 'rta c h a oylik suv sarflari o'rtasida 
bog'lanish grafigi tuziladi va bu bog'lanishda nuqtalarning zich 
joylanishini aniqlash uchun korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi 
va o'xshash daryo gidrologik qatorining o'xshashligi baholanadi.
Tanlangan o'xshash daryoning reprezentativligi deganda uning 
boshqa daryoga nisbati ishonchliligi yoki mosligi darajasi 
tushuniladi.
B unda o 'x sh a sh d ary o d a (yoki biror kuzatish joyidagi) 
o'rganilayotgan gidrometeorologik rejim elementlarining m a ’lum 
bir hududga, suv manbaiga yoki suv havzasi maydoniga mosligi 
u yerdagi gidrologik hisoblash ishlarida tatbiq etish imkonini beradi.
Misol uchun Oloy tog'larida joylashgan Abramov muzligida 
O'zbekistonlik mutaxassislar tom onidan tashkil etilgan eksperi-
142
/


m e n t a l r e p r e z e n t a t i v m u z s h u n o s l i k s t a n s iy a s i d a o lin g a n
gidrometeorologik m a’lumotlar Oloy tog'idagi ko'pgina glyatsiologik 
mintaqaga reprezentativ ekanligi isbotlangan.
Shunday qilib, reprezentativ kuzatish joyida gidrom eteorolo­
gik elem entlar suv oqimi, havo harorati, quyosh radiatsiyasi, 
qor, m uzning erishi va boshqalar b o'yicha yig'ilgan ko ‘p yillik 
m a ’lumotlar Oloy tog‘ tizmasining katta hududiga tatbiq etildi va 
butun tog* tizmasi bo'yicha ilmiy xulosaga kelish imkoni yaratildi.
Kuzatish m a ’lumotlari yetarli bo 'lm ag an d a yillik oqim ning 
yil ichida taqsimlanishini hisoblashda keng qo llanadigan usul 
qisqa muddatli kuzatish m a ’lumotlaridan iborat davrni k o'p yil­
lik davrga keltirish usuli hisoblanadi.
Buning uchun o'rganilayotgan daryo 
(Qir)
va ko'p yillik qatorga 
ega bo'lgan o'xshash daryoning 
(Q„.x)
parallel kuzatish olib 
borilgan yillardagi o'rtacha oylik (o'rta yillik) suv sarflari o'rtasida 
bog'lanish grafigi tuziladi. Bunda ordinata o'qiga 
Qa.r .
abssissa o'qiga 
esa 
Qnbc
qiymatlari bo'yicha masshtab belgilanadi.
Hosil bo'lgan bog'lanish chizig'ida nuqtalarning joylanishi 
baholanishi uchun korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi. Agar 
г
>0,8 bo'lsa, bunday bog'lanish grafigidan am aliy ishlarda 
foydalanish mumkin deb hisoblanadi. So'ngra har bir yilga taalluqli 
o 'x s h a sh daryo suv sarflari b o 'y i c h a b o g 'la n is h grafigidan 
Q .x
= f
(Qn.r)
o'rganilayotgan daryo suv sarflari qiymati topiladi 
va maxsus jadval to'ldiriladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin