daryo oqim hajmini rostlashning asosiy usuli sug'orish tizimi
rivojlanishi jarayonida ro'yobga kelgan daryolarni halqalash bo'lgan.
X—XI asrlardayoq O 'rta Osiyoda suv om borlarining qurilishiga
katta e’tibor berilgan. Ulardan Osm onsoy daryosidagi to 'g 'o n
bizning davrimizgacha saqlangan, Sultonbent to'g'oni esa yuz yillar
davomida suv toshqini va urushlar natijasida bir necha
marta vayron
bo'lib, yana tiklandi.
Suv omborlarini qurish XIX—XX asrlarda keng ko'lam da rivoj
topdi. Birinchi suv omborlari 1896-yili Murg'ob daryosi vodiysida
umumiy hajmi 13 mln.m.kub bo'lgan bitta o'zanli va ikkita quyilma
suv omborlari, 1909— 1910-yillari um um iy hajmi 65 m ln .m 3
bo'lgan Sultonbent va Iolatan suv omborlari barpo etildi. 1940-
yilda Toshko'prik suv ombori qurildi, Murg'ob-Tedjin vohasidagi
suv om borlari t a ’m irlandi. Shu yillari F arg 'o n a vodiysidagi
Kosonsoy daryosida O 'rta to 'q a y
suv om bori, Zarafshon daryosi
vodiysida K a ttaqo'rg'on suv om bori barpo etildi. Keyingi 30 yil
ichida (1950— 1980-yillarda) 40 dan ortiq suv omborlari qurildi,
ulardan eng yiriklari Janubiy Surxon, Uchqizil, Pachkam ar,
C h im q o 'rg 'o n ,
Quyim ozor, N urak, Tolim arjon, T uyam o'yin,
Q a y ro q q u m , C h o r d a r a , K a rk id o n , O h a n g a r o n , C h o r b o g ',
Tuyabo'g'iz, O'rtato'qay, Xauzxon va boshqalardir.
O 'rta Osiyo suv omborlarining o 'rn i
asosan daryo vodiysi-
ning kengaygan ko'lsimon joylariga to'g'ri keladi. Bunda suv ombori
o'rn in i tanlashda suv xo'jaligi va texnikaviy-iqtisodiy omillar,
qurilajak to'g'onning turi va o'lchamlari, suv tagida qolishi mumkin
bo'lgan relyef shakli hisobga olinadi.
Suv omborlari qurilishining
birinchi bosqichida ular asosan sug'o riladigan m intaqalarga
maksimal yaqin bo'lgan pasttekislik hududla^da barpo etildi. Bu
suv omborlarining qurilishi ayrim h o lla rd a 'd a ry o oqimiga va
hududning tabiiy-geografik sharoitlariga t a ’sir ko'rsatdi.
XX asrning 60-yillari suv omborlari k o 'p ro q tog'li m intaqa-
larda qurila boshlandi. Buning afzal tomonlari shunda ediki, tog'li
joylarda kengaygan ko'lsim on relyefning
mavjudligi suv ombori
barpo etilishiga va vodiyning toraygan joylari esa to'g'on qurilishiga
qulaydir.
.Tog'li joylarda suv om borining qurilishi bilan sug'oriladigan
m aydonlarning kam roq suv bosishiga, kichik yuza maydoniga,
katta hajmdagi suv zaxirasi yig'ilishiga, suv isrofini kamaytirishga
erishildi. 90-yillarga kelib O 'rta
Osiyo hududidagi Am udaryo,
165