Go’shtning oziqaviy va biologik qiymati, G’O’shtning sifat ko’rsatkichlari, go’sht orqali o’tadigan kasalliklar reja


Go’shtni veterinariya jihatidan tekshirish



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə3/10
tarix02.10.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#151564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 ma\'ruza Go\'sht va go\'sht oraqli yuqadigan kasalliklar

Go’shtni veterinariya jihatidan tekshirish. Buning uchun go’sht nimtasi veterinariya ko’rigidan o’tkaziladi va uning ichki a’zolari (qora jigar, jigar, o’pka) tekshiriladi, kerak bo’lganda qo’shimcha laboratoriya tek-shiruvi o’tkaziladi. Veterinariya tekshiruvi oxirida go’shtga muhr bosiladi. Sifatli go’shtga binafsha rangdagi muhr bosiladi,
Inavli go’shtga - dumaloq muhr.
II navli go’shtga - to’rtburchak muhr.
III navli go’shtga uchburchak muhr bosiladi. SHartli yaroqli go’shtga qizil rangli muhr bostsladi. Bunday go’shtlarga ishlov berish yo’lini ko’rsatuvchi belgi ham qo’yiladi. To’g’ri o’tkazilgan veterinariya tekshiruvi salmonellyoz va boshqa toksikoinfektsiyalarning oldini olishda muhim tadbirdir.


Aminokislotalar va oqsil moddalar biosintezi

Oqsil sinteei uchun turli xil aminokislotalar talab qilinadi, bular esa o’z navbatida, mikroorganizmlar hujayrasida ammiak bilan tegishli ketokislotalarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir aminlanish deb ataladi va quyidagi sxemaga muvofiq boradi:





  1. R - SOSOON +NH3 + 2N R - SN(NH2)SOON + N2O

Oksalat-sirka kislota va -ketoglyutar kislota tipidagi dikarbon ketokislotalar ayniqsa oson aminlanadi, ular keyin quyidagi umumiy sxemaga muvofiq amalga oshadigan qayta aminlanish jarayonida ishtirok etishi mumkin:





Bu reaktsiyaning borishi davomida aminogruppaning ko’chishi aminoferazalar yoki transaminazalar deb ataladigan fermentlar yordamida amalga oshadi.
Ko’p bakteriyalarda (Vast. Soli. Azotobaster, Strertossosis va boshqalar) qayta aminlanish qobiliyati borligi aniqlangan, lekin birmuncha batafsil tekshirishlar mazkur jarayonning aktivligi muhitda piridoksal va piridoksaminning mavjudligiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. SHunga asoslanib, mazkur birikmalar qayta aminlanish jarayonida aminogruppani tashish funktsiyasini bajaradi, deb taxmin qilinadi.
Keyinchalik bakteriyalarning quritilgan preparatlari yordamida turli xil aminokislotalar aminogruppa hosil qiluvchi donator ekanl:igi aniqlandi. Bu aminokislotalarga asparagin kislota, valin, leytsin, triptofan, tirozin, fenilalanin, metionin va boshqalarni kiritish mumkin. Biroq qayta aminlanishning biosintetik funktsiyasi hujayraning umumiy metabolizmida hali ham yetarlicha aniqlanmagan va ehtimol, avval taxmin qilinganga nisbatan kam ahamiyatga ega.
Aminlanish va qayta aminlanish jarayoni davomida a-aminokislotalar hosil bo’ladi. Oqsilli moddalarda esa hamma vaqt a-aminokislotalar bilan birga o’z tarkibida qo’shimcha azot yoki oltingugurt atomlari tutuvchi aminokislotalar ham bo’ladi. Masalan, triptofan, arginin, lizin, tsistin va boshqalar ana shunday kislotalardir. Bu aminokislotalar ancha murakkab yo’l bilan sintezlanadi.
Aminokislotalardan keyin oqsil moddalar sintezlanadi. Turli xil aminokislotalar amin va karboksil gruppalar yordamida o’zaro ta’sirlashadi. Bu o’zaro ta’sir natijasida dipeptidlar, so’ngra polipeptidlar va oqsil moddalar hosil bo’ladi:


Hosil bo’lgan polipeptidlarning yon zanjirlarida joylashgan turli xil radikallar (R, R1,R2 va boshqalar) ularga tegishli reaktivlik xususiyat beradi.
Yon zanjirlarida qanday gruppalar joylashganligiga qarab, polipeptidlar har xil xurusiyatga ega bo’ladi. Agar yon zanjirlarida monoaminokislotalarning diaminkislotalar bilan o’zaro ta’siri natijasida ajralib qolgan erkin — NN2 gruppalar bo’lsa, hocil bo’lgan polipeptid ishqor xususiyatiga, dikarbon aminokislotalar sintezi jarayonida ishtirok etish hisobiga erkin karboksil gruppalar qolsa, hosil bo’lgan polipeptid kislota xususiyatiga ega bo’ladi. Yuqorida qayd qilingan barcha sintez jarayonlarida energiya sarflanadi (endotermik reaktsiya), bunda mikrob hujayralari protoplazmasida bu jarayon bilan bog’liq holda turli xil oksidlanish jarayonlari amalga oshadi. Bunda organizmga kirgan oziq moddalar va protoplazma tarkibidagi ba’zi elementlar oksidlanib, karbonat angidrid va suvga o’xshash oddiy moddalarga aylanadi. Shular organizmni sintez jarayoni uchun hamda protoplazmani aktiv holatda tutib turish uchun zarur energiya bilan ta’minlaydi.
Energiyaning bir jarayondan ikkinchi jarayonga uzatilishida odatda o’z molekulasida makroergik fosfat bog’lari tutuvchi organik birikmalar (adenozintrifosfat kislota) oraliq tashuvchi sifatida xizmat qiladi. Bu bog’lar energiyasi oson ajralib chiqadi va sintez jarayonlari uchun foydalanilishi mumkin.
Mikroorganizmlar tomonidan doim sintezlanadigan boshqa azot tutuvchi birikmalarga tarkibida purin va pirimidin tipdagi organik asoslar, pentoza (d-riboza) va fosfat kislota bo’lgan nuklein kislotani ko’rsatish kerak. Bu birikmalardan nukleotidlar hosil bo’ladi. Nukleotidlar faqat nuklein kislota tarkibiga emas, balki bir qancha fermentlarning prostetik guruxi tarkibiga ham kiradi.



Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin