Go’shtning oziqaviy va biologik qiymati, G’O’shtning sifat ko’rsatkichlari, go’sht orqali o’tadigan kasalliklar reja



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə8/10
tarix02.10.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#151564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 ma\'ruza Go\'sht va go\'sht oraqli yuqadigan kasalliklar

Gijjalar. Go’sht iste’mol qilish natijasida odatda ba’zi gijjalar rivojlanishi mumkin. Bularga tenioidoz, trixinellalar, exinokokklar va fastsiolalar kiradi.
Tenioidoz. Odamda bu kasallikning yuzaga kelishiga lentasimon gijjalar Taeniaghunehus saginatus (qurollanmagan ho’kiz solityori) lichinkalari yoki Tania Solium (qurollangan cho’chqa solityori) bilan zararlangan go’sht iste’mol qilish sabab bo’ladi. Bu gijjalarning lichinkasi tsistitserklar yoki finellar deyiladi, finellar bilan zararlangan go’sht finelli go’sht deyiladi. Finellar muskullarda, biriktiruvchi to’qima qavatida bo’lib, ularning kattaligi bug’doydek keladi. Qattalashtirib ko’rilganda pufakchaning ichkarigi egilgan boshi (skoleks), unda so’rg’ichlar joylashganligi ko’rinadi. Finellar xohlagan muskul guruhlarida joylashishi mumkin, ammo ko’pincha ular yurak, til, diafragma, chaynov, bel, qovurg’a, oralig’i, qorin muskullarida to’planadi.
Ovqat bilan finelli go’sht iste’mol qilinganda ichakda ulardan lentasimon gijjaning yetuk turi hosil bo’ladi, uning uzunligi bir necha metrgacha yetadi va uzoq vaqt odam ichida yashashi mumkin. Ko’p uchraydigan asoratlaridan biri kamqonlikdir. Gijja ichakda ma’lum miqdorda kobalt qabul qiladi, bu bilan u vitamin V12 ning endogen sintezini buzadi. Finelli go’shtga baho berish uchun quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. Muskulning 40 sm2 yuzasida 3 tadan ko’p finna topilsa, bunday go’sht yo’q qilinadi.
2. Agar 40 sm2 yuzada 3 ta gacha finna topilsa bunday go’sht shartli yaroqli hisablanadi va zararsizlantirishdan keyin ishlatishga ruxsat etiladi.
Zararsizlantirish uchun 2 kg go’sht 8 sm qalinlikda kesilib, ochiq qozonda 2 soat, yopiq qozonda 1,5 soat (bug’ bosimi 1,5 atm) qaynatiladi. Tenioidozning oldini olishning asosiy choralaridan biri go’sht kombinat-larida, kushxonalarda, bozorlarda go’sht ustidan qat’iy veterinariya-sanitariya nazorati olib borish, sotuvga zararsizlantirilmagan finnali go’shtni chiqarmaslik, ularni gijjalardan holi qilish, sanitariya oqartuvi ishlari olib borish hamda aholi punktlarini kommunal jihatdan obodonlashtirishdir.
Trixinellyoz o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, insonlarning ayrim guruh muskullarida gijja lichinkasi joylashishidan kelib chiqadi.
Odamlarning zararlanishi cho’chqa go’shti hamda yovvoyi cho’chqa va ayiq go’shtlarini iste’mol qilishdan kelib chiqadi. Inson ichagida gijja lichinkasi 2 kun davomida yetuk shaklga aylanadi. Zararlangan go’sht iste’mol qilingandan 5 kun o’tgach yetuk shaklidan lichinkalar ajrala boshlaydi. Bular ichak shilliq qavatidagi limfa tomirlariga o’tib, undan qonga va keyin muskullarga boradi. So’ngra lichinkalar o’ralgan spiral shaklida shu joyda qoladi. Bu joydagi muskul to’qimasi o’zining ko’ndalang chizig’ini yo’qotadi, trixinella atrofida kapsula hosil bo’ladi, 6 oydan keyin u ohak tuzlari bilan qoplanadi. Ko’pincha trixinella tez o’ladi, ammo ayrimlari bir necha yil davomida xayot faoliyatini saqlaydi. Kasallikning og’irengilligi muskul to’qimasiga joylangan trixinellalarning soniga bog’liq. Kasallikning og’ir turi ovqat bilan xom yoki yaxshi qovurilmagan cho’chqa go’shti iste’mol qilishdan kelib chiqadi. Og’nr trixinellyoz kelib chiqishi uchun ovqat tarkibida 100000 dan kam bo’lmagan trixinellalar bo’lishi kerak.
Kasallik muskullarning og’rishi, qovoqlarning va yuzning pastki qismlari shishuvi bilan kechadi. Qonda eozinofillarning ko’payishi trixinellyoz uchun xosdir. Trixinellyozning oldini olish uchun cho’chqa go’shti hamda undan tayyorlangan mahsulotlar ustidan qattiq nazorat olib borish kerak. Buning uchun go’sht kombinatlarida, kushxonalarda, nazorat stantsiyalarida, bozorlarda go’shtlar trixinelloskop yordemida tekshiriladi. Trixinellalarning inson uchun juda xavfli ekanligini hisobga olib amaldagi qonunlarga asosan agar tekshirilayotgan go’shtda bir dona trixinella topilsa, go’sht ham ovqat uchun yaroqsiz hisoblanadi, texnik uti-lnzatsiyaga beriladi.

Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin