Go’shtning oziqaviy va biologik qiymati, G’O’shtning sifat ko’rsatkichlari, go’sht orqali o’tadigan kasalliklar reja


Odamga sut orqali o’tadigan kasalliklar



Yüklə 108,54 Kb.
səhifə10/10
tarix02.10.2023
ölçüsü108,54 Kb.
#151564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 ma\'ruza Go\'sht va go\'sht oraqli yuqadigan kasalliklar

Odamga sut orqali o’tadigan kasalliklar.
Sut orqali odamga sil, brutsellyoz, oqsim, kokk iifektsiyalari o’tadi. Bulardan tashqari, sut orqali ichak infektsiyalari ham o’tishi mumkin.

  1. Mastit. Mastit bilan og’rigan hayvonlardan olingan sut o’z tarkibida ko’p miqdorda streptokokk va stafilokokklarni tutadi. Bunday sutlar stafilokokk toksikozlari sababchisi bo’ladi. SHuning uchun bunday sutni iste’mol uchun tarqatishga ruxsat berilmaydi.

  2. Ichak infektsiyalari. Sut va sut mahsulotlari, ayniksa tvorog ichak infektsiyalaridan dizenteriyaning asosiy sababchisi bo’lishi mumkin. Sutning ifloslanishi sut zavodlari va boshqa ob’ektlarda ishlovchi batsilla tashuvchilarga bog’liq. Sanitariya qoidalariga rioya qilish, pasterlashni to’g’ri olib borish, ishlovchrlarni o’z vaqtida tekshirish sut orqali ichak infektsiyalari tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.

  3. O’ta xavfli infektsiyalar. Sibir yarasi, emfizematoz, karbunkul, quturish, xafli shish, sariq kasalligi, o’lat kasalliklari bilan og’rigan hayvonlardan olingan sut yo’q qilib yuboriladi.

Sanitariya nazorati
Zamonaviy go’sht ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishning jadalllgi, ish jarayonining yuksak mexanizatsiyasi bilan xarakterlanadi. Go’sht ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnik jihozlar o’rnatilgan bo’lsa, ular yuqori sanitariya madaniyatini ta’minlaydi. Go’sht kombinati tarkibiga: hayvonga birlamchi ishlov berish tsexi, ichak va kalla-pocha tsexi, albumin, yog’, kolbasa va konserva tsexi, endokrin va tibbiy preparatlar tsexi, muzlatgich, texnik hamda har xil yordamchi ustaxonalar, stantsiyalar va boshqa xonalar kiradi.
Go’sht kombinatlarida hayvonni so’yishni tashkil qilishda bir qaicha talablarga rioya qilish kerak:

  • Ishlov berishning ketma-ketligini ta’minlash.

  • Iflos jarayonlarni toza jarayondan qat’iy ajratish.

  • Uzluksiz texnologik jihozlar o’rnatish.

Go’sht kombinatlarida aniq ajratilgan zonalar bo’ladi:

  • Hayvonlarni saqlovchi zona.

  • Ishlab chiqarish zonasi.

  • Vodoprovod inshootlari zonasi.

  • YOrdamchi va xo’jalik binolyari zonasi.

Hayvonlarni saqlovchi zonada so’yish uchun mo’ljallangan hayvonlar veterinariya ko’rigidan o’tkaziladi, bu dam olgan va sog’lom hayvonlarni tanlash maqsadida o’tkaziladi. Bu zona tarkibida uzoqroq maydonda izolyator uchun joy ajratiladi, bu karantin bo’limiga mo’ljallangan bo’lib, unda karantin-izolyator, sanitariya mol so’yish xonasi va utilizatsiya bo’limi bo’ladi. Karantin bo’limida hayvonlar umumiy sonining 10%i joylashishiga imkon bo’lishi kerak. Izolyator bir vaqtda umumiy hayvonlarning 1% i saqlanshshshi ta’minlashi kerak. Sanitariya mol so’yish tsexi esa asosiy so’yish tsexidagi xonalarga ega bo’lishi kerak, faqat o’lchovlari kichikroq bo’ladi. Sanitariya so’yish tsexining muhim bo’limlaridan biri sterilizatsiya bo’limi bo’lib, bunda shartli yaroqli mahsulotlar zararsizlantiriladi. Utilizatsiya qilinishi kerak bo’lgan, man etilgan va boshqa chiqindilar tsexda yog’sizlantirilib yo’q qilish uchun maxsus utilizatsiya bo’limiga keltiriladi. Utilizatsiya bo’limi ko’p jihatdan mexanizatsiyalashgan, zamonaviy sterilizatsiya qiluvchi apparatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bular yordamida yaroqsiz yoki zararli materiallar utilizatsiya qilinadi. Sanitariya mol so’yish bo’limidan chiqqan chiqindi suvlar avval zararsizlantirilib, so’ngra umumiy kanalizatsiya tarmog’iga quyiladi.
Go’sht kombinatining ishlab chiqarish zonasi ishlab chiqarish tsexini, ma’muriy va maishiy binolarni birlashtiradi. Go’sht, yog’, muzlatgich-kolbasa tsexlari, ma’muriy-maishiy korpuslar asosiy hisoblanadi. Go’sht-yog’ korpusida hamma asosiy ishlab chiqarish tsexlari: birinchi ishlov berish, ichak, ovqatlik yog’lar, ovqatlik adbumin, tibbiy preparatlar, kalla-pocha mahsulotlari, yem va texnik mahsulotlar saqlanadigan tsexlar joylashgan. Muzlatgich-kolbasa korpusida muzlatgich kameralar (sovutish kamerasi, yaxlatish, saqlash) va ishlab chiqarish tsexi, kolbasa, dudlangan mahsulotlar va polufabrikatlar (yarim tayyor mahsulotlar) tsexi joylashgan.
Go’sht kombinatlarida har bir bo’lim va xonalar oralig’ida bog’lanish bo’lishi mahsulot ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Qon, yog’, ichki organlar, terilar va boshqalar alohida yo’llar bilan kerakli ishlab chiqarish tsexlariga tushirilishi kerak. Xom ashyoga ishlov berish mobaynida uning harakatini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi texiik liniyalar o’rnatiladi. Bulardan tashqari, texnik mahsulotlar tsexi, terilarni tuzlash tsexi ham ko’zda tutiladi. Bu tsexlarning mahsulotlari qisqa yo’l bilan kombinatdan chiqib ketishi kerak. Xom ashyo bo’limi sanitariya jihatidan muhim ahamiyatga ega. Bu yerga chiqindilar va konfiskatlar tushib, ular sortlarga ajratiladi va dastlabki ishlov beriladi (maydalanadi), keyin sterilizatsiya qilinadi. Xom ashyo bo’limi boshqa bo’limlar va tsexlar bilan bog’lanmasligi kerak. Bu tsexlarnnng ishlari boshqa tsexning ishlari bilan muloqotda bo’lmasligi uchun sharoit yaratish kerak. Go’sht kombinatini obodonlashtirishda chiqindilar va iflos suvlarni chiqarib yuborish muhim ahamiyatga ega. Iflos suvlarni chiqarib tashlash uchun 4 ta kanalizatsiya tarmog’i ko’zda tutiladi: bug’ qozoni, muzxonada, nasos qurilmada, yog’, kolbasa va kalla-pocha tsexlarida. Bu suvlar tarmoqqa tushishidan avval mahsulot yog’ tutqichlardan o’tkazilishi kerak. CHiqindi suvlarni umumiy tarmoqqa tushirishdan oldin albatta zarasizlantiriladi.
Nazorat savollari ?
1.Evetiratsiya so’zi nimani anglatadi?
2.Qanday go’shtning gijjalari bor?
Yüklə 108,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin