Exinokokkoz - bu parenximatoz organlarining, ko’pincha jigarning exinokokkoz lichinkasi bilan zararlanishidan kelib chiqadi. Insonlar itlardan zararlanadi. Itlarda gijjaning yetuk lentasimon turi bo’ladi. Itlarning axlati bilan gijja tuxumlari ajraladi, ular turli yo’llar bilan (itlarning yungi, inson qo’li, buyumlar) inson organizmiga tushadi va qon bilan jigarga, ba’zan o’pkaga boradi, u yerda lichinka hosil bo’ladi. Bu ichi suyuqlik bilan to’lgan 1 yoki 2 kamerali pufak shaklida bo’lsa, pufaklar olib tashlanadi, go’shtning qolgan toza qismi ovqatga ishlatishga yaroqli hisoblanadi. Agar pufaklar ko’p miqdorda bo’lsa, zararlangan jigar yoki o’pka butunlay olib tashlanadi. Exinokokkoznint oldini olish uchun daydi itlarga qarshi kurash olib borish kerak, ularni fermalarga va qushxonalarga yaqinlashtirmaslik zarur.
Fastsiolyoz - bu hayvonlar kasalligi bo’lib, bunda jigar (o’t yo’li) Fasciola hepatica gijjasi bilan zararlanadi. Gijjalarning yetuk turi ham, tuxumi ham inson uchun xavfli bo’lmaganligi uchun jigar va o’pkaning zararlangan qismi olib tashlanadi, qolgan qismi ovqatga ishlatishga yaroqli hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar.
Go’sht orqali aholi o’rtasida sibir yarasi, oqsim, brutsellyoz, sil yuqishi mumkin.
Sibir yarasi - o’ta xavfli infektsiya bo’lib, bu kasallik aniqlansa, shoshilinch choralar ko’riladi, ya’ni dezinfektsiya o’tkaziladi. O’lgan xayvonlarni zararsizlantirish va yo’q qilish, go’nglarini yoqib yuborish va karantin e’lon qilish amalga oshiriladi.
Sil kasalliga qoramollar va parrandalar orasida uchraydi. Sil qo’zg’atuvchisining keng tarqalgan va miliar turlari inson uchun xavfli bo’lib, bunda kasallik qo’zg’atuvchisi qonda aylanib yuradi va limfa bezlari hamda tugunlarini zararlaydi. Suyak sili ham uchrab turadi. Sil bilan og’rigan hayvonlardan olingan go’shtga sanitariya baxo berilganda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Agar silning keng tarqalgan turi bo’lib, hayvon juda ozib ketgan bo’lsa, uning go’shti ovqat uchun ishlatilmaydi, texnik utilizatsiya qilnnadi.
2. Agar kasallikning keng tarqalgan turi bo’lsayu, hayvon ozmagan bo’lsa, go’sht uzoq muddat qaynatilgandan so’ng ishlatiladi.
3. Agar faqat zararlanish bo’lsa, zararlangan a’zo va to’qimalari olib tashlanadi, qolgan go’sht ovqat uchun ishlatiladi.
Brutsellyoz - bu kasallik bilan sigir, echki, qo’y va cho’chqalar kasallanadi. Iisonning zararlanishi kontakt yo’li bilan bo’lib, go’sht kombinatlarida go’shtni nimtalayotganda yuqadi. Brutsellyoz yuqori haroratga chidamsiz bo’lib, 60-65°S da 5-10 min qizdirilganda o’ladi. Kasal hayvondan olingan go’sht shartli yaroqli hisoblanadi, yuqori haroratda ishlov berilgandan so’ng ovqatga ishlatiladi.
Oqsim - bu kasallik bilan ko’proq qoramollar kasallanadi. Qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virus bo’lib, yuqori haroratga chidamsiz. Kasal hayvondan olingan go’sht yaxshilab qaynatilgandan keyin kolbasa ishlab chiqarish uchun ishlatishga ruxsat etiladi.
Cho’chqa o’lati - qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virus, inson uchun zararsizdir. Ammo o’lat bilan og’rigan hayvonlarning go’shti ikkilamchi infektsiyalar, ayniqsa salmonellyoz bilal zararlanishi mumkin. CHo’chqalar-ning 30% dan ortiqrog’i salmonellyozlarning tashuvchisidir. CHuma bilan og’rigan cho’chqalar organnzmining kurashish qobiliyati susayganda salmonellalar faol rivojlanadi va ikkilamchi kasallik - salmonellyozni chaqiradi. SHuning uchun o’lat bilan og’rigan cho’chqalardan olingan go’sht shartli yaroqli hisoblanadi va qaynatib zararsizlantirilgandan keyin ovqat uchun ishlatiladi.